Mavzu:1918 – 1939-YILLARDA BUYUK BRITANIYA
Darsning maqsadlari:
1. Ta’limiy maqsad: |
O’quvchilarga mavzu haqida tushunchalar berish.
Tarixiy davr va yillarni ajrata oladi, tarixiy yil hisobini tushintira oladi; Mazkur davrni o’rganish orqali o’quvchilar tarix fanining o’rganilayotgan davriga oid tarixiy atamalar, mazmunini, tarixiy shaxslar haqida , tarixiy sanalarda ro’y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi hamda mazkur davrga oid tarixiy joylarni tarixiy xaritadan ko’rsata oladi, ma’lumot bera oladi.
2.Tarbiyaviy maqsad: |
O’quvchilarniyangibilimlaregallashga vatartib – intizomgadoimorioyaetishgayo’naltirishhamdaulardaonaVatangamuhabbathissinishakllantirish:
Turliziddiyatlivaziyatlardao’zehtiroslariniboshqarish,muammovakelishmovchiliklarnihaletishdazarur (konstruktiv)bo’lganqarorlarniqbulqilaolish;
O’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish.
|
Mavjud tarix faniga oid axborot manbalaridan ( internet, televizor, radio, telefon, kompyuter , elektron pochta va boshqalar) foydalan olish;
O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish;
O’quvchilarda umumlashma xulosalar chiqarish ko’nikmasini shakllantirish;
O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEHNOLOGIYASI |
Dars turi: | Yangi bilim beruvchi , bilimlarni shakllantiruvchi |
Dars metodi: | “Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash” |
Dars jihozi: | Darslik , xarita, tarqatma,proyektor, boshqotirma |
DARSNING BLOK CHIZMASI |
№ | DARS BOSQICHLARI: | Bajariladigan ish mazmui | Ajratilgan vaqt |
1 | Tashkiliy qism | Salomlashisj, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayoorlash , kun tarixi aytiladi. | 3 daqiqa |
2 | O’tilgan mavzuni takrorlash | Takrorlash, mustahkamlash, yangi mavzu bilan bo’g’lash | 10 daqiqa |
3 | Yangi dars mavzusi mazmunitushintirish | Yangi mavzuni tushuntirish | 13 daqiqa |
4 | Yangi mavzuni mustahkamlash | Yangi mavzuni mustahkamlash | 14 daqiqa |
5 | Dars yakuni va baholash | G’olib guruhni aniqlash, rahbatlantirish, darsning so’nggi xulosasini chiqarish | 3 daqiqa |
6 | Uyga vazifa | O’qituvchi tomonidan uyga vazifa elon qilinadi | 2 daqiqa |
DARSNING BORISHI |
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar davomati aniqlandi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshirildi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash.
“Guruhlarda ishlash”
O’quvchilarni 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushintirish.
Birinchi jahon urushi Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga katta siyosiy g‘alaba va obro‘ olib keldi, mustamlaka imperiyasi yanada kengaydi, katta reparatsiya olindi. Ammo bu g‘alaba Buyuk Brita niya uchun juda qimmatga tushdi. Urushdan oldin kreditor (qarz beruvchi) bo‘l gan Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z domi nionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi.
Bu davrda Buyuk Britaniya bilan uning dominionlari – Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika Ittifoqi, Yangi Zelandiya o‘rtasidagi munosabatlarni 1931-yili qabul qi lingan Vestminster statuti deb nomlangan hujjat belgilab berdi. Statutga ko‘ra o‘z ichki mustaqilligiga ega bo‘lgan dominionlar bilan metropoliya bir ga likda Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi nomli ittifoqni tashkil qildi. Tashqi siyosat. 1930-yillarda o‘zining iqtisodiy, harbiy va ijtimoiy yutuqlarini namoyish qilayotgan Germaniyadan qo‘rqish hissi Buyuk Britaniya siyosatini belgilab berdi. Buyuk Britaniyada, umuman Yevropaning boshqa davlatlarida ham fashizmdan qo‘rqish hissi bo‘lajak urushda fashistlarning kuchlari Sovet Ittifoqiga qarshi qaratiladi, degan umid bilan qo‘shilib ketgan edi. Buyuk Britaniyaning hukmron doiralari mustamlakalardagi milliy-ozodlik harakatlarini
qurol kuchi bilan shafqatsiz bostirdi. 1919-yili Hindistonning Armitsar shahrida ingliz qo‘shinlari tinch namoyishchilarni o‘qqa tutdi. Misrda inglizlarga qarshi qo‘zg‘olonni bostirish maqsadida jazo operatsiyasi
o‘tkazildi. Shunga qaramasdan, 1922-yili inglizlar Misrning mustaqilligini tan olishga, Buyuk Britaniya Afg‘oniston va Eronning tashqi va ichki siyosatini nazorat qilish dan ham voz kechishga majbur bo‘ldi. Nihoyat, irlandlar ningozodlik uchun olib borgan yuz yillik kurashi muvaffaqiyatli yakunlandi. 1921-yil dekabrda Buyuk Britaniya dominion huquqiga ega bo‘lgan «Ozod Irlandiya davlatini» tan oldi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Buyuk Britaniya Birinchi jahon urushidan qanday natijalar bilan chiqdi?
2. Buyuk Britaniya taraqqiyotidagi qanday muammolar 1926-yil maydagi eng yirik ish tashlashni keltirib chiqardi?
3. Bu davrda siyosiy rivojlanishdagi Buyuk Britaniyaga xos bo‘lgan qanday asosiy jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin?
V. Dars yakuni va baholash.
O’quvchilarda paydo bo’lgan savollarga javob berish;
Baholarni e’lon qilish;
O’quvchilarda aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi.
VI. Uyga vazifa berish.
Mavzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob topish;
Kelgusi darsda o’tiladigan mavzu bilan tanishib kelish asosiy tushunchalarni eslab qolish.
Uinston Cherchill.
N. Chemberlen, E. Dalad’e, А. Gitler va B. Mussolini Myunxen kelishuvini imzolagandan so`ng
Buyuk Britaniya imperiyasi. XX asrning 30-yillari.
Tayyorladi: Surxondaryo viloyati Angor tumani 12- umumta`lim maktabi tarix fani o`qituvchisi Gafarov Ozod.