Значение преподавания фольклорных жанров студентам музыкального образования через высшие учебные заведения.

Уроки
Эта статья написана на узбекском языке. Использование народного творчества и его неисчерпаемого наследия важно для того, чтобы донести до народа традиции и обряды, унаследованные от наших предков, и представить их в современной интерпретации. Узбекский фольклор – это вид устного творчества в различных формах, отражающий мировоззрение, художественное наслаждение, творческий потенциал, мечты и чаяния узбекского народа. Через изучение методов преподавания народной музыки ученик воспитывается в духе уважения к нашим древним традициям, обычаям, трудовым песням и мелодиям, уважения к нашим национальным ценностям, глубокого, всестороннего изучения искусства национальной музыки. В данной статье представлена ​​информация о важности преподавания фольклорных жанров на уроках музыкальной культуры для студентов бакалавриата.
Маъруфжон Абдумуталибович Ашуров
Содержимое публикации

Oliy ta’limda tehsil olayotgan talabalarga musiqa madaniyati darslari orqali folklor janrlarini o’rgatishning ahamiyati.

Ma’rufjon Ashurov Abdumutalibovich

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi

San’atshunoslik fanlari dotsenti

(O’zbekiston)

mail: maruf79@bk.ru

Annotatsiya: Ota-bobolarimizdan meros bo’lib qolgan udum va marosimlarni halqqa olib chiqib, yana ularni zamonaviy talqinda namoiy etishga folklor san’ati va uning tuganmas merosidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbek folklori xilma-xil shakllardan tarkib topgan og’zaki so’z san’ati bo’lib, o’zbek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavqi, ijodiy salohiyati, orzu va intilishlarini aks ettiradi. Folklor musiqa o’qitish metodikasi fanini o’rganish orqali talaba qadimiy urf-odatlarimiz, udumlarimiz, mehnat-marosim qo’shiqlari va kuylariga havas, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanadi va milliy musiqa san’atimizni chuqur, mukammal o’rganadi.

Ushbu maqolada Oliy ta’limda tehsil olayotgan talabalarga musiqa madaniyati darslari orqali folklor janrlarini o’rgatishning ahamiyati haqida ma’lumot olish mumkin.

Kalit so’zlar: Insoniyat, ma’naviyat, folklor musiqa san’ati, folklor etnografik ansanbllari, yozma tosh bitiklar davri, qadimiy urf-odatlar, udumlar, mehnat-marosim qo’shiqlari va kuylari, milliy qadriyat, milliy musiqa san’ati.

Kirish. Insoniyat ma’naviy dunyosining boyligini ta’minlashda va ta’riflashda folklor musiqa san’atining va hozirgi vaqtda folklor etnografik ansanbllarining roli va ahamiyati juda kattadir. Tarixiy, ilmiy va adabiy asarlar mualliflari turli maqsadlarda ba’zan o’zgartirilgan va qayta ishlangan shaklda, ko’p hollarda esa, mazmunan bayon tarzida folklor na’munalariga murojaat etganlar. Qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlari turli-tuman urf-odat va marosimlar haqidagi qaydlari, shuningdek yozma tosh bitiklar davridan boshlangan bu jarayon adabiyot va san’atning tarixiy rivojlanish xarakteri bilan bog’liq holda turlicha mazmun va shakllarda bizning kunlarimizgacha davom etib kelmoqda.

Ota-bobolarimizdan meros bo’lib qolgan udum va marosimlarni halqqa olib chiqib, yana ularni zamonaviy talqinda namoiy etishga folklor san’ati va uning tuganmas merosidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbek folklori xilma-xil shakllardan tarkib topgan og’zaki so’z san’ati bo’lib, o’zbek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavqi, ijodiy salohiyati, orzu va intilishlarini aks ettiradi.

Folklor musiqa o’qitish metodikasi fanini o’rganish orqali talaba qadimiy urf-odatlarimiz, udumlarimiz, mehnat-marosim qo’shiqlari va kuylariga havas, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanadi va milliy musiqa san’atimizni chuqur, mukammal o’rganadi.

«Halinchak» qo’shig’i qadimdan qizlar, yosh kelinchaklar bog’dagi katta daraxtlar shoxiga halinchak ilib, to’planishib, kelinchakni uchirib, shu asnoda qo’shiq kuylashib, qo’shiqda dard va xursandchiliklarini bayon etganar

Ovoz mashqlariBunda qo’shiq kuylashdan oldin talabalar ovozi 10-15 daqiqa davomida har xil mashqlar orqali qizitib olinadi

«Lolajon» qo’shig’iQizlar bahorda dalalalarga chiqib lola qizg’aldoq sayli o’tkazganlar. Qo’shiqda qizlar o’zini lola qiyoslab kuylaydilar va ritual raqslar ijro etadilar

«Ha do’rsi» qo’shig’I Qo’shiq uzumni ezib, suvini ajratib olish va undan shinni tayyorlash jarayoniga bag’ishlanadi. Bu marosim bilan asosan xotin-qizlar shug’ullanganlar. SHuning uchun so’zlarda tokning tanasini bellariga, novdasini bilaklariga mengzaganlar

«Hay yor-yor qo’shig’i» Qo’shiqni qadimda asosan erkaklar bazm uyushtirib jo’r bo’lib, qarsak chalib kuylaganlar, har kupletini boshqa-boshqalar kuylab, naqoratini jo’r bo’lib ijro etganlar.

«Ho’p mayda» qo’shig’I Galagov qo’shiqlari turkumidan, g’allani o’rib olib, xirmon qilib, ho’kizlarni bir-biriga tamg’ab somonni yanchiganlar. Uzoq va zerikarli ishda albatta qo’shiq xirgoyi qilganlar. Maydayo qo’shig’i shu mehnat marosimi tufayli yaratilgan.

«Navro’z mubarokbodi» qo’shig’i qish o’tib, eriyotgan qorlar orasidan boychechaklar nish urib, bahor boshlanishidan darak bergan bir mahalda YOshlar dalalarga chiqib, boychechaklar terib, dehqon, cho’pon, bog’bonlarni ishga chorlab aytgan qo’shiqlari

«Shoxmoylar» qo’shig’imehnat-marosim qo’shiqlari turkumidan. Erta bahorda qishloq ahli dalaga chiqib, ho’kizlarni tayyorlab, qishloqning eng keksa odami ho’kizlarni shoxiga moy surtib, bo’yniga tumor taqib duoga qo’l ochgan. Barcha odamlar duo qilgandan keyin qo’shni ho’kizlarga qo’shib, er haydashni boshlaganlar. qo’shiq ana shu marosimga bag’ishlangan.

«Lolachaga ishim bor» qo’shig’ierkaklar hazil mutoiba qo’shig’i. To’y marosimida ulfatlar eng bO’yi past do’stlarini o’rtaga olib, atrofida qarsak chalib qo’shiq kuylaganlar. O’rtada kichkina tizzalab o’tirib raqsga tushgan.

«Zuhra xola» qo’shig’iMehnat marosim qo’shiqlari turkumidan.Hasharchilar g’alla o’rib, charchab tushlikka chiqqunicha Zuhra xola ularga ovqat pishirgan. Qo’shiq kuylovchilar oshpazga tegajoqlik qilib kuylaganlar. Oshpaz xola ularga javob kupletlarni kuylab turgan

Sahna harakatlariFolklor qo’shiqlarda sahna harakati ham asosiy vazifani bajaradi. Bunda gavda, qo’l, oyoq, bosh harakatlari erkin, engil va kuychan bo’lishi lozim.

Har bir harakat qo’shiq tematikasiga mos bo’lishi talab etiladi.

Ritual raqslar Mehnat marosimlar: yer haydash, o’rim o’rish, somon yanchish, sigir-qo’ylarni sog’ish kabilarni sahnada ijrochilar tomonidan sahna atributlari orqali raqsda namoyon etishlari «Tandiring dan yangajon» qo’shig’i, Non yopayotgan yangaga qaynog’alar tegajoqlik qilib, ritual raqsga tushib kuylagan qo’shiqlari. Naqoratni yigitlar xor bo’lib kuylashadi. Yanga ularga qarata solo kuylaydi.

«Tulki to’yi» ritualYOzning chillasida bemahal yomg’ir yoqqanda, halqimiz «tulki to’y» qilayapti-deyishgan. Qo’shiqni bir xonanda kuylaydi. Naqoratida esa butun jamoa jo’r bo’ladi. Solist ritual raqs ijro etadi.

«O’rmak» qo’shiqlari Qadimdan momolarimiz ip igirib charx ishlatganlar. O’rmak to’qib, gilamlar to’qiganlar. Bu qo’l hunarmandligi hozirgi kunimizgacha saqlanib qolgan. Qo’shiqda shu jarayon ritual harakatlar orqali namoyish etiladi.

«Tul bobo» qo’shig’i Ota, o’g’il, ena o’rtasidagi munosabatlar hajviy namoyon bo’ladi

O’zbek folklorining janrlari

Folklor asarlari ham, barcha san’at na’munalari kabi o’zlarining tuzilishi, badiiy xususiyatlari, qo’llanish o’rni va bajargan vazifalariga ko’ra muayyan janrlarga bo’linadi. Janr va janriy xilma-xillik tushunchalari hayotni badiiy tasvirlash shakllari sifatida juda uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan barqaror shakllar bo’lib, u juda sekinlik bilan o’zgarib boradi. Qadimgi grek filosofi Aristotel, nemis filosofi Gegel rus demokrati Belinskiylar badiiy ijodning uch turi-epos, lirika va drama mavjudligini e’tirof etadilar. Janr deganda folklorshunslikda badiiy shakl tiplari-ertak, doston, maqol, loflar, qo’shiqlar tushuniladi.

O’zbek volklori janrlari ijodkorlar faoliyati bilan chambarchas bog’liq. Topishmoq, maqol singari janrlar ommaviy xarakterga ega bo’lsa, doston, og’zaki drama, ertak askiya ijrosi professional tayyorgarlikni taqozo etadi.

Shu sababli o’zbek folklorida xalq ijodkorlarining professionallashuvi nihoyatda rivojlangan baxshilar, ertakchilar, askiyabozlar, qiziqchilar, dorbozlar ijrochiligi rivojlangan professional san’at hisoblanadi. O’zbek folklori janrlari ijro usullari, ya’ni yakka ijro, jamoaviy ijro, sozli va sozsiz ijroga ko’ra farqlanadilar.

Ertak afsona va rivoyat aytilsa «hikoya» qilinsa, doston ham kuylash, ham aytishga mo’ljallangan. Lapar kuylab va raqsga tushib ijro etilsa, og’zaki drama so’z va harakat omuxtaligi zamirida ko’rsatishga, namoyish qilishga mo’ljallanadi. Latifa va lof yakka ijroda kuylanadi. Qo’shiqning shunday turlari borki, yakka ijroda, qolganlari jamoa ijrosida kuylanadi. Askiya va og’zaki drama ham jamoa ijrosiga mo’ljallangan.

Maqollar.

Maqol halqning ko’p asrlar mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda to’plangan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan ixcham, chuqur mazmunga ega bo’lgan og’zaki ijod janrlaridan biridir.

Maqol arabcha qavlun-gapirmoq, aytmoq so’zidan olingan bo’lib, aytilib yuriladigan ifoda va iboralarga nisbatan qo’llaniladi.

Topishmoqlar.

Hayotni o’ziga xos badiiy idrok etish shakli bo’lgan topishmoq folklorning ommaviy janrlaridan biridir. SHakli, vazifasi, ish harakati va holati jihatidan bir-biriga o’xshash ikki predmet narsa va hodisadan jumboqlanib, ikkinchisiga xos o’xshash belgilar asosida uni topishga mo’ljallab she’riy yoki nasriy tuzilishda berilgan savol yoki topshiriq «topishmoq» deb yuritiladi.

Olqishlar.

Olqish-turkiy tillarda maqtash, sharaflash, yaxshi istaklar tilash, ruhini ko’tarish va yaxshilik sari da’vat etish kabi ma’nolarni anglatib sharaflamoq, yuksaklikka ko’tarmoq. Maqtanmoq ma’nolarini anglatuvchi qadimgi turkiy al fe’li o’zagiga-qi buyruq mayli hamda–(a) sh harakat nomi qo’shimchalarining qo’shilishidan yasalgan.

O’zbek xalq olqishlari ijro o’rni, vazifasi va poetik tabiatiga ko’ra ikki qismga: 1-kundalik maishiy olqishlari ijro o’rni, vazifasi va poetik tabiatiga ko’ra ikki qismga: 1-kundalik maishiy olqishlar, 2-an’anaviy marosimlar tarkibida ijro etiluvchi olqishlarga bo’linadi.

Marosim folklori.

Insonga sihat-salomatkli tilash, uning turmushida to’kin-sokinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o’tkaziladigan, xalq orasida qat’iy an’anaga kirib qolgan hatti-harakatlar marosim deyiladi. Marosimni o’tkazish paytida ijro etiladigan qo’shiq va aytimlar marosim folklorini tashkil etadi.

Bahorgi mavsum bilan bog’liq marosimlar.

Mavsumiy marosimlar yilning to’rt fasliga oid halqning yashash va mehnat tarzi bilan aloqadordir. Bahor kirishi bilan dehqon va chorvadorning dala ishlari boshlanadi. Dehqon urug’ sepishga tayyorgarlik ko’rish, ariqlarni kovlash bilan shug’ullansa, chorvador yaylovlarga ko’chishga tayyorgarlik ko’radi. Dehqon va chorvador turmushidagi barcha og’ir yumushlar ilgari hashar yo’li bilan amalga oshirilgan. Bahorgi mavsumiy marosimlarga «SHox moylar», «Navro’zi olam», «YOmg’ir chaqirish», «Sust xotin» marosimlari kiradi.

Yozgi marosimlar.

Kishilarning xo’jalik faoliyatida yoz faslining o’rni alohidadir. SHunga qarab ushbu faslda o’tkaziladigan marosimlar rang-barang bo’lgan. Biroq o’zbek marosim folklorida hozirga qadar atigi bitta janr saqlanib qolgan. YOzgi marosimlar folkloridan faqat shamol to’xtatish bilan bog’liq ayrim janrlar saqlangan. Bular «Choy momo» marosimida ijro etiladigan qo’shiqlardan iborat.

Kuzgi marosimlar folklori.

Kuz faslida dehqon yoz bo’yi qilingan mehnatining samarasini yig’ishtirib oladi, chorvador esa qishlovga em-hashak, ozuqa tayyorlaydi. Kuzgi marosimlarga «Oblo baraka», «Shamol chaqirish», «Mirhaydar bobo», «Galagov», «Ho’p mayda» marosim qo’shiqlari kiradi.

Qishki marosimlar folklori.

O’zbek xalq folklorida qishki marosimlardan faqatgina «Gap-gashtak» va «Yas-sun» marosimlargina saqlanib qolgan. «Gap-gashtak» marosimi erkaklar tomonidan mahalladagi choyxona yoki biror xonadonda o’tkaziladi. «Yas-sun» marosimi asosan ko’chmanchi chorvadorlar o’rtasida qimizxo’rlik marosimi sifatida yuzaga kelgan bo’lib, uning ma’nosi davrada o’tirish qoidalari demakdir.

Oilaviy mishiy marosimlar folklori.

Marosim folklorining katta qismini tashkil etadi. Insonning tug’ilishidan tortib to vafotigacha bo’lgan hayoti bevosita oila davrasida kechadi va bunday marosimlar turkumi oilaviy-maishiy marosimlar deb yuritiladi. Oilaviy-maishiy marosimlariga «To’y marosimlari folklori», «Beshik to’ylari folklori» «Xatna sunnat to’ylari folklori», «Nikoh to’ylari folklori», «Motam marosimi folklori» va boshqalar kiradi.

Qo’shiqlar.

Qo’shiq-turkiy qo’shmoq fe’lining o’zagidan yasalgan bo’lib, misraga misrani qo’shib kuylash, aytish ma’nolarini angalatadi. Qo’shiqlar xalq ma’naviyatining qudratini, xalq irodasining bukilmasligini ifodalab, kishilarni ruhan tetiklikka, jasoratga, mehnatsevarlik va elparvarlikka, vatanparvarlik va do’stlikka, sevgiga sadoqatga chorlaydi. Qo’shiqda ishq-muhabbat kuylansa, bunday qo’shiqlar «lirik qo’shiqlar» deb ataladi.

Mehnat qo’shiqlari.

Qo’shiq mehnat jarayonida ishlayotganlar tomonidan ijro etilib, mazmunan mehnat jarayoni bilan bog’liq bo’lsa, bunday qo’shiqlar « mehnat qo’shiqlari» deb ataladi. Mehnat qo’shiqlari rang-barang janrlardan tashkil topgan bo’lib, ularni bir turkum doirasida ushlab turuvchi bir necha xususiyatlar mavjud. O’zbek mehnat qo’shiqlari quyidagi guruhlarga bo’linadi. Ular:

1.Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar.

2.CHorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar.

3.3. Hunramandchilik bilan bog’liq qo’shiqlar.

1.Dehqonchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlariga «Qo’sh qo’shiqlari», «O’rim qo’shiqlari», «YAnchiq qo’shiqlari», «YOrg’uchoq» qo’shiqlari kiradi.

2.CHorvachilik bilan bog’liq bo’lgan mehnat qo’shiqlariga «Ho’sh-ho’shlar», «Turey-turey» qo’shiqlari, «CHuriya»lar kiradi.

3.Hunarmandchilik bilan aloqador mehnat qo’shiqlariga «CHarx qo’shiqlari», «Bo’zchi qo’shiqlari», o’rmak qo’shiqlari», «Kashta qo’shiqlari» kiradi.

Termalar.

Terma o’zbek folklorining mustaqil janri bo’lib, uning yaratilishida baxshilarning roli nihoyatda kattadir. Ko’pchilik hollarda ular dostonchilarning individual ijodi hisoblanadi. Pand-nasihat, odob-ahloq, soz va so’z haqida yaratilgan, ijtimoiy hayotdagi turli hodisalar shaxs va jonivorlarning ta’rifi yoki tanqidiga bag’ishlangan, baxshilar tomonidan kuylanadigan 10-12 satrdan 150-200, ba’zan undan ham ortiq misralargacha bo’lgan lirik, liro-epik she’rlarga «terma» deyiladi.

Afsonalar.

Afsona o’zbek xalq og’zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri bo’lib, u ijtimoiy hayot bilan bog’liq bo’lgan voqea va hodisalarni hayoliy uydirmalar asosida hikoya qiladi. U kishilarning tabiat hodisalari va ijtimoiy voqealarni bilish va tushunishga bo’lgan intilishlari jarayonida vujudga kelgan. Afsona forscha so’zdan olingan bo’lib, fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalarga asos bo’lgan nasriy hikoyalarni bildiradi.

Rivoyatlar.

Rivoyat hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi og’zaki ijod janrlaridan biridir. Ularda tarixiy voqealar va ayrim shaxslar bilan bog’liq bo’lgan voqealar, kishilar turmushi, geografik joylar-sahro, ko’l, cho’l, dengiz, shahar, qishloq, qal’a, saroy va boshqalarning barpo bo’lishi hamda vayron qilinishi haqida hikoya qilinadi. Rivoyatlarda lutf va nazokat, aql va tadbir, ishq va vafo, yaxshilik va odamiylik kabi ilg’or g’oyalar zulm va zo’rlik, xavfsizlik va adolatsizlik singari illatlarga qarama-qarshi qo’yiladi.

Naqllar.

Naql termini YAqin va o’rta sharq xalqlari orasida «Zarbulmasal» deb yuritilgan va u ramziy hikoya ma’nosida qo’llangan. O’zbekistonda esa «Zarbulmasal» o’rnida, asosan, naql termini qo’llaniladi. Naql-ahloqiy norma hamda odob haqida yuzaga kelgan fikrlarni izohlovchi ta’limiy xarakterdagi ma’joziy hikoyadir. O’zbek xalq naqllaridan «Har kim qilsa o’ziga», «Odam odam bilan tirik», Ko’rpangga qarab oyoq uzat», «Har kimniki o’ziga, oy ko’rinar ko’ziga», « Qaqqillashi biznikida, tuxum qo’yishi qo’shninikida», «Bugungi jahlni ertaga qo’y», Ko’rmaganning ko’rgani qursin» kabilar xalq orasida keng tarqalgan.

Ertaklar.

Ertak halq og’zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy janrlaridan biri bo’lib, uning paydo bo’lishida qadimiy urf-odat, marosimlar va miflar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ertak termini Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk asarida «etuk» shaklida uchraydi va biror voqeani ag’zaki hikoya qilish ma’nosini bildiradi. Hozir folklorshunoslikda ertak atamasi qabul etilgan bo’lsada, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqanda, Farg’ona o’zbeklarida «matal» deb ham yuritiladi. Buxoro atrofidagi qishloqlarda «ushuk» Xorazmda «varsaqi», «Toshkent shahri va uning atroflarida «CHo’pchak» termini ham ishlatiladi. o’zbeklar orasida ertak, ushuk, matal, cho’pchak terminlari bilan bir qatorda hikoya, afsona, o’tirik, tutal kabi atamalar ham uchraydi.

Latifalar.

Latifa-og’zaki nasrning ma’lum va mashhur janralaridan biri, u hajman kichik, mazmunan lo’nda ifodalovchi bir yoki ikki epizoddan tashkil topgan bo’lib, asosida o’tkir hajv yoxud engil yumor yotadi.

Tanqid yoki yumor esa so’z o’yini, turli xildagi qochirimlar vositasida yuzaga keladi va fosh etuvchi hushchaqchaq kulgii yaratadi. Latifa termini arabcha latif va lutf so’zlaridan olingan bo’lib, nozik, ko’p ma’noli so’z, mayin kinoya, qochirimlardan iborat bo’lgan kulgili hikoyani anglatadi. Latifa janrining o’ziga xos tomoni asarlarning yagona qahramoni-Nasriddin Afandi obrazi bilan bog’liqligida ko’zga tashlanadi. Bu obraz ko’proq «Nasriddiy afandi», «Xo’ja Nasriddin», «Mullo Nasriddin» va nihoyat «afandi» singari atamalar bilan yuritiladi.

Loflar.

Lof-o’zbek xalq prozasining mustaqil janrlaridan biri bo’lib, o’zining tuzilishi hajv hamda yumorga asoslanishi bilan latifa va askiya janrlariga yaqin turadi. SHuning uchun hm u yoki bu lofbozning so’zga chechanligi, zukkolik va hozirjavoblik fazilati mazkur janrning tashkil topishida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Lof janri asosan, qiziqchi va askiyabozlar orasida shakllangan va ijro etilgan. Har bir lofda notabiiy voqealar, salbiy belgilar kulgi ostiga olinadi. Lof aytish mubolag’ali epizodga mantiqiy javob qaytarish, so’zga chechanlik musobaqasi shaklida o’tadi.

Dostonlar.

Doston o’zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma’naviy maishiy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, ahloqiy-estetik qarashlari, adolat va haqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi ideallari bilan bog’liqdir.

Doston so’zi, qissa, hikoya, sraguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy termin sifatida bu atama xalq og’zaki ijodi va yozma adabyoitdagi yirik hajmli epik asarlarni anglatadi. Folklorshunoslarning ta’kidlashicha, doston murakkab san’at asari bo’lib, uning doston bo’lishi uchun adabiy tekst, musiqa bo’lishi, kuylovchi hofizlik san’atini puxta egallagan va soz cherta bilishi zarur.

Dostonlarni ijrochilari va yaratuvchilari baxshilardir. Dostonlarni ijrochilari va yaratuvchilari baxshilardir. Dostonlarga «Dostonlarga «Qahramonlik dostonlari», «Romantik dostonlar», «Maishiy-romantik dostonlar», «Tarixiy dostonlar» kiradi.

Og’zaki drama.

Og’zaki drama-xalq ijodining mustaqil turi bo’lib, uning ma’nosi xalq orasida og’zaki to’qilgan sahnaviy asarlar namoishini anglatadi. U juda qadim zamonlarda vujudga kelgan va hozirga qadar xalq ongi ahloqiy normalari, badiiy idroki va estetik didini tarbiyalashda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Turli xil o’yin-kulgilar, dramatik holatlar, har xil qiyofaga kirishlar monolog va dialoglar, sahna harakatlari va ovoz ohanglari og’zaki dramaning janr belgilari hisoblanadi.

Askiya.

Askiya-o’zbek xalq og’zaki ijodining mustaqil janri bo’lib, asosan, to’y-tomosha, yig’inlar va saylovlarda ijro etiladi. Askiya arabcha «zakiy» so’zidan olingan bo’lib, so’zamol, zakovatli, o’tkir zehnli degan ma’nolarni anglatadi. Zakiy so’zining ko’pchilik shakli azkiyo bu keyinchalik talaffuzda o’zgarib, askiya shakliga kelib qolgan. Askiya ijrochilari askiyaboz, askiyachi deb yuritiladi. Askiyachilar tarafma-taraf bo’lib olib, qochirim so’zlar bilan askiya boshlaydilar, tinglovchilar esa u yoki bu tomonning so’zga chechanligi, hozirjavobligidan mamnun bo’lib kuzatadilar. Tomonlardan biri ustun kelganda, kulgi qahqahaga aylanadi.

Foydalangan adabiyotlar ro’yhati.

B.Sarimsoqov « Olqish va qarg’ishlar» Toshkent Fan 1988 yil;

Jahongirov. «O’zbek bolalar folklori» Toshkent Fan 1974 yil;

K.Imomov «O’zbek xalq og’zaki prozasi». Toshkent, Fan, 1981 yil;

M.Alaviya «O’zbek xalq qo’shiqlari». Toshkent Fan. 1959 yil;

O.Safarov «O’zbek bolalar poetik folklori». Toshkent Fan 1983 yil;

O.Sobirov. «O’zbek folklori ocherki». Toshkent Fan 1971 yil;

S.Qosimov « O’zbek folklor ocherki» Toshkent. Fan, 1988 yil;

Комментировать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ бесплатно!
Подробнее
Также Вас может заинтересовать
Музыка и пение
Разное по музыки и пению для «"Мир образов программных миниатюр"»
Музыка и пение
Конспект занятия по музыки и пению для дошкольников «Сценарий осеннего развлечения в младшей группе "Чудо Репка"»
Музыка и пение
Музыка и пение
Презентации по музыки и пению для дошкольников «"Как зверята весну встречали"»
Музыка и пение
Конспект занятия по музыки и пению для «"Жанр мазурки и полонеза в творчестве Ф. Шопена"»
Комментарии
Добавить
публикацию
После добавления публикации на сайт, в личном кабинете вы сможете скачать бесплатно свидетельство и справку о публикации в СМИ.
Cвидетельство о публикации сразу
Получите свидетельство бесплатно сразу после добавления публикации.
Подробнее
Свидетельство за распространение педагогического опыта
Опубликует не менее 15 материалов и скачайте бесплатно.
Подробнее
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и скачайте рецензию бесплатно.
Подробнее
Свидетельство участника экспертной комиссии
Стать экспертом и скачать свидетельство бесплатно.
Подробнее
Помощь