Факторы обеспечения эффективности обучения на основе исполнения хоровых произведений на базе студентов музыкального образования в высшей школе.

Уроки
Эта статья написана на узбекском языке. В настоящее время проблемы воспитания и сохранения детского голоса изучают крупнейшие музыковеды и профессора страны. Эти ученые исследовали строение и особенности развития звукового аппарата и предложили несколько научно обоснованных методов воспитания и сохранения детского голоса. В данной статье автор рассматривает факторы, обеспечивающие эффективность обучения на основе исполнения хоровых произведений на базе студентов музыкального образования в высших учебных заведениях.
Маъруфжон Абдумуталибович Ашуров
Содержимое публикации

Oliy kasbiy ta’lim musiqa ta’limi talabalari negizaida Xor asarlari ijrochiligi asosida ta’lim samaradorligini ta’minlash omillari.

Ma’rufjon Ashurov Abdumutalibovich

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi

San’atshunoslik fanlari dotsenti

(O’zbekiston)

mail: maruf79@bk.ru

Annotatsiya: Hozirda bolalar ovozini tarbiyalash va saqlash muommosini o`rganish masalalari bilan mamlakatimizning yirik musiqashunos mutahassislari, professorlari shug`ullanmoqdalar. Bu olimlar tovush apparatining tuzilishi va rivojlanish xususiyatlarini tekshirib chiqib, bolalar ovozini tarbiyalash va saqlashning ilmiy asoslangan bir qancha metodlarini taklif etdilar.

Ushbu maqolada muallif Oliy kasbiy ta’lim musiqa ta’limi talabalari negizaida Xor asarlari ijrochiligi asosida ta’lim samaradorligini ta’minlash omillari haqida fikrlar bayon etgan.

Kalit so’zlar:Mustaqil O‘zbekiston,Miilliy maktab konsepsiyasi, Uzluksiz pedagogik ta’lim konsepsiyasi,Umumta’lim maktablarining musiqa ta’lim-tarbiya konsepsiyasi,Ta’lim to‘g‘risida» qonun, musiqa darslari, musiqa nazariyasi, jamoa bo’lib kuylash.

Kirish.Mustaqil O‘zbekiston respublikasining «Miilliy maktab konsepsiyasi», «Uzluksiz pedagogik ta’lim konsepsiyasi», «Umumta’lim maktablarining musiqa ta’lim-tarbiya konsepsiyasi», «Ta’lim to‘g‘risida» qonun singari muhim ilmiy va rasmiy pedagogik hujjatlarning e’lon qilinishi, zamonaviy o‘qituvchi shaxsi va uning kasbiy sifatlari tavsifnomasini ishlab chiqishga, uni tayyorlash va shakllantirish jarayoniga yangicha yondashishni taqozo qilmoqda.

Musiqa janrlari ichida eng “demokratik va ommaviy xususiyatga” ega bo‘lgan tur — bu xor san’atidir. U kishilarimizning kundalik hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni g‘oyaviy-estetik jihatdan tarbiyalaydi.

Mashhur musiqa nazariyotchisi, faylasuf, bastakor va musiqa madaniyati shakllanish davrining asoschilaridan biri B. Asafyev fikricha, xor san’ati musiqani tushuna bilish vositasidir.

Jamoa bo‘lib kuylash ommani «estetik ruhda tarbiyalash bilan birga, kishilarni xalq qo‘shiqlari ijodiyoti durdonalari, o‘zbek, rus va chet el klassik vokal-xor asarlari namunalari bilan tanishtiradi, ularning ma’naviy dunyosini boyitadi.

Jamoa bo‘lib kuylash ommani musiqaviy tarbiyalashda kishilarni loqayd eshituvchi emas, balki faol qatnashchilarga aylantiradi. Ba’zi bir ijtimoiy kuzatishlarga qaraganda, havaskorlik xor kollektivlarida astoydil qatnashgan kishilar hayotda ham, ishlab chiqarishda ham serg‘ayrat bo‘ladilar. Xor shunday bir san’atki, unda adabiy va musiqiy ijodiyot o‘zaro uyg‘unlashib, yaxlit badiiy obraz yaratiladi. Bu san’at doimo xalq qo‘shiqchilik ijodiyoti bilan bog‘liq bo‘lib, xususan, o‘zbek , rus va ayrim boshqa qardosh xalqlar milliy musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynab kelgan. Xor san’ati ijodiy rivojlandi, u ko‘p millatli xarakterga ega bo‘ldi..

O‘tmishda professional xor ijrochiligiga ega bo‘lmagan qator qardosh respublikalarda yangi xor san’ati o‘ziga xos yo‘llar bilan shakllana bordi. Mazkur xalqlar o‘zlarining milliy an’analariga tayangan holda musiqa madaniyatlarini yarata boshladilar. Bu muhim ishni amalga oshirishda ilg‘or rus musiqa madaniyati va xor ijrochilik tajribasi ham katta rol o‘ynadi.

Tarix o‘tmishida xalqlar hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy o‘zgarishlar bilan birga, musiqa olamida ham, xususan, xor san’atida ham yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi.

Shunday qilib, xor san’ati keng tarqalgan va ko‘p turlarga ega bo‘lgan janr.Ta’kidlaganimizdek, umumestetik tarbiyaning muhim tomonlaridan biri, musiqiy tarbiya hisoblanib, xor san’ati esa musiqa madaniyatining tarkibiy va eng xalqchil qismini tashkil qiladi.

Jamoa bo‘lib kuylash madaniy hayotimizda keng o‘rinni tutgan, inson shaxsiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Musiqa tarbiyasi esa, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biridir, u atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. O‘quvchilarga nafosatli tarbiya berishda umumta’lim maktablaridagi, musiqa madaniyati darslarini ahamiyati katta. O‘quvchilar nafosat hissini, san’at sirlarini tushunishni va qadrlashni, san’atdan bahramand bo‘lishni, avvalo maktablarda o‘rganadilar. Nafosat didini shakllantirish uchun esa, musiqa madaniyati darslari bilan bir qatorda sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ahamiyati katta. Chunki, sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy va to‘garak shakllarida bolalar yalpi tarzda jalb etiladi. Zotan, musiqa tarbiyasi sozanda yoki o‘quvchini emas, eng avvalo insonni tarbiyalaydi O‘sib kelayotgan yosh avlodni musiqa, go‘zallik olamiga olib kiradi. Chunki, musiqa inson hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega va ahloqiy-nafosat tarbiyasining muhim vositasidir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni xis eta oladigan bo‘lishi kerak. Olimlardan birlari: «Odam shaxs bo‘lishi uchun, u ruhiy tomonidan rivojlanishi, o‘zini bir butun inson deb his qilmog‘i kerak» - degan edi.

Musiqa madaniyati fani bo‘yicha dars beruvchi pedagoglarning hozirgi kundagi asosiy vazifasi haqida fikr yuritar ekan, Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida alohida ta’kidlaydi: «... agar insonning qulog‘i yengil-yelpi, tumtaroq ohanglarga o‘rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma’naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas. Oxir-oqibatda bunday odam «Shashmaqom» singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo‘ladi. ... musiqiy ta’limni yanada rivojlantirish masalalari o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi».

Shaxsni rivojlantirish uchun avvalo, uning hulqiga ta’sir etuvchi omillarni, uning tabiatini, qiziqishini o‘rganish lozim. Buning uchun shaxsni turli munosabatlar doirasiga qo‘yib kuzatish kerak. Ana shundagina uning ijtimoiy hulqi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ro‘yobga chiqadi. «Har bir inson – degan edi Abu Nosir Al-Farobiy – o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va yuksak yetuklikka erishish uchun, insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi, shu sababli u ko‘p narsalarni o‘zaro yordamlashuvi orqali yetuklikka erishadi».

Bugungu kunda musiqa madaniyatining rivojlantirishda bolaning ovozini tarbiyalash va saqalash masalasi juda katta ahamiyatga egadir. Biroq bolalarni toza ovoz sohibi qilib tarbiyalash masalalari musiqa ta`limi fanining anchagina murakkab va eng kam o`rganilgan qismidir.

Hozirda bolalar ovozini tarbiyalash va saqlash muommosini o`rganish masalalari bilan mamlakatimizning yirik musiqashunos mutahassislari, professorlari shug`ullanmoqdalar. Bu olimlar tovush apparatining tuzilishi va rivojlanish xususiyatlarini tekshirib chiqib, bolalar ovozini tarbiyalash va saqlashning ilmiy asoslangan bir qancha metodlarini taklif etdilar.

Yuqori nafas yo`li sog`lom bo`lgan ko`pgina bolalarni tekshirib chiqish natijasida bolalarning nisbatan ko`pchiligining tovush apparati sog`lom bo`lmaganligi xatto ovoz boylamlari (pardalari) nosog` ekanligini aniqlashdi. Mutahassislar olib borgan juda ko`p kuzatishlar natijasida shu narsa aniqlanganki bu kassalikka musiqa darslarida va xor to`garaklarida qo`shiq aytishga o`rgatishning noto`g`ri yo`lga qo`yilganligi asosiy sabab bo`lgan. Bu narsa o`z navbatida bolalar xor jamoasiga rahbarlik qila bilmaslikdan, maktabdagi ashula o`qituvchisining malakasi kamligidan kelib chiqadi. Afsuski, umumiy ta’lim maktablarida ashula o`qituvchisi masalasi hozirga qadar hal qilinmagan, natija Respublikamizning ko`pchilik maktablarida ashuladan unchalik xabari bo`lmagan, bolalar ovozining xususiyatlari, ularning rivojlanish davrlari, bolalar ovozi gigiyenasi asoslari va uni saqlash masalalari haqida deyarli hech qanday tasavurga ega bo`lmagan kishilar ashula darsini olib bormoqdalar.

Har bir ashula o`qituvchisi va xor jamoasining rahbari tovush apparatining tuzilishini, bolalarda uning rivojlanish xususiyatlarini bilish hamda ashula aytish jarayonining fiziologik qonunlarini tushunishi kerak.

Mana shularga asoslanibgina ashula aytadga ovozni tarbiyashda bu usulni qo`llash mumkin.

Ovoz apparatining tuzilishi.

Qo`shiq aytish apparatining tovush hosil qiladigan asosiy qismi hiqildoq, tomoqning yuqoridagi nafas yo`lidir. Hiqildoq tog`aylardan iborat bo`lib ular muskullar yordamida harakatga keladi. Uzuksimon, cho`michsimon va qalqonsimon tog`aylar tovush hosil qilishda asosiy ro`l o`ynaydi. Hiqildoqning ichki devori ovoz yorig`ini hosil qiladi, uning chetlari esa ovoz boylamlaridan iborat bo`lib, ular gorizantal holatda yotadi va elastik to`qimalardan tuzilgan bo`ladi. Ovoz boylamlari oldingi tomonda qalqonsimon tog`ayga yopishib, o`zoro birlashib turadi, orqa tomonda esa bir-biridan uzoqlashib, o`rtasida o`tkir burchak hosil bo`ladi, shuning uchun ovoz yorig`i uchburchak shaklidadir. Boylamning uchlari tog`ayga yopishgan: qalqonsimon tog`aylar boylamlariga birlashtiradi va ajratib turadi.

Asosiy harakatlanitiruvchi kuch vazifasini tog`aylarni bir-biriga yaqinlashtiradigan yoki uzoqlashtiradigan qalqon-uzuksimon bir juft muskul bajaradi. Boylamlar u yoki bu darajada tarang tortilishi va qisqarishi, butunicha yoki chetlarigina tebranishi mumkin. Bu narsa tegishli tog`aylarning yaqinlashishi yoki uzoqlashish darajasiga bog`liqdir. Boylamlar tinch turganda deyarli harakatsiz holatda bo`ladi, ular orasidagi tovush yorug`i deyarli katta bo`lmaydi, havo esa nafas olinayotganda ovozsiz o`tib turadi. Tovush hosil qilish uchun muskullarni ma`lum darajada zo`riqtirish talab qilinadi, bu zo`riqish esa nafas olish va nafas chiqarishda havo ko`proq olingandagina, ya`ni ashula aytish nafas olinayotgan va chiqarilayotgan vaqtdagina hosil bo`ladi. Tovush nasaf chiqarish paytida havo oqimi hiqildoq orqali o`tib, butun ovoz apparatini yoki ashula aytish apparatini harakatga keltirishdan hosil bo`ladi. Ashula aytilayotganda o`pkadan chiqgan havo kuch bilan boylamlarni siqib uni harakatga keltiradi. Boylamlar ko`tariladi, cho`ziladi, ovoz yorig`i bir qadar kengayadi shundan so`ng boylamlar yana o`z holiga qaytadi va ovoz yorig`I deyarli yopiladi. Yangidan havo oqimining kirishi bilan bu jarayon takrorlana boradi. Boylamlarning shu hilda harakat qilishi natijasida tovush hosil bo`ladi. Shunday qilib ovoz boylamlari muskullar va tog`aylar hiqildoqning ichki qismlari bo`lib ashula aytadigan ovoz mana shu yerda hosil bo`ladi.

Biroq ovoz boylamlari hosil qilgan tovush zaif va deyarli tembrsiz bo`ladi. Tovush o`ziga hos hossalarga, ya`ni tembr va kuchga ega bo`lishi uchun qo`shimcha sharoitlarni talab qiladi. Bunda rezonatorlar, halqum, burun, halqum va o`giz katta ahamiyatga ega. Huddi mana shular tovushga ma`lum tus va kuch beradi. Bundan tashqari tovush tovush kuchi boylamlarni harakatga keltiradigan havo oqimining kuchiga va ko`lamining kengligiga bog`liq. Amplituda qancha keng bo`lsa, ovoz shuncha kuchli chiqadi va aksincha ampilituda qancha zaif bo`lsa, tovush ham shuncha nimjon bo`lib chiqadi.

Tembr (tovush tusi) hosil qilishda hiqildoqning elastik qismi ham bir qadar ahamiyatga ega, lekin bunda boylam ustidagi kamgak bilan hiqildoq ustidagi kamgak sohta ovoz boylamlaridan to tilning uchigacha, tishlar va labgacha bo`lgan a’zolari asosiy rolni o`ynaydi.

Tovushning ohirgi хossasi, uning balandligi ovoz boylamlarining tarang bo`lib tortilishi darajasiga, ularning tebranish tezligiga bog`liqdir. Boylamlar qancha ko`p tarang bo`lib tortilsa, ovoz shuncha baland, qancha bo`sh tortilsa ovoz shuncha past bo`lib chiqadi. Boylamlarning tarang qilib tortilishining chegarasi bor, agar bu chegaradan o`tib ketilsa, og`ir travmaga duсhor bo`lishdan tashqari, ashula aytish u yoqda tursin, hatto gapirishga ham ovoz chiqmay qolishi mumkin. Demak, tovushning barcha asosiy hossalari – kuchi, tembri va balandligi ovoz boylamlarigagina bog`liq bo`lib qolmasdan balki butun tovush apparatiga ham bog`liqdir.

Ashula aytish jarayoni juda takkomillashgan, juda murakkab funksiyalar ketma-ketligidan iborat bo`lib, ularni faqat bir-biri bilan organik bog`langan bir butun holda qarab chiqish mumkin. Ashula aytish apparatining hamma ishi va butun ashula aytish jarayoni oily nerv faoliyatining umumiy qonuniga bo`y sungan va halqali refleksning yorqin misoli bo`lib hizmat qiladiki, bir juft yoki bir guruh muskullar harakatga kelsa, boshqa muskullar ham harakatga keladi. Chunonchi tovush chiqarmoqchi bo`lishingiz bilan ovoz muskullari boylamlari bilan birgalikda harakatga keladi, hamda avtomatik tarzda, hech qanday zo`riqishsiz, fiziologik zaruriy nafas chiqariladi, busiz albatta tovush hosil bo`lmaydi. Shunday qilib, aytish funksiyasini bajarish uchun barcha tayanch muskull nafas apparatini ishga solish va hiqildoqning ovoz hosil qiladigan qismlarini harakatga keltirish zarur. Tovush hosil qiluvchi tovush fiziologiyasining asosiy holatlari kattalarda qanday bo`lsa bolalarda ham shunday bo`ladi. Biroq shuni esdan chiqarmaslik kerraki, bolalarning tovush apparati juda nozik bo`lib, u o`ziga juda ehtiyotlik va ustalik bilan muomala talab etadi. Ko`p vaqt kattalarda uchraydigan tovush apparati kassaliklari va undagi defektlar, bolalik chog`ida unga vokal tarbiyasining noto`g`ri berilganligi natijasidir.

Bolalarning tovush apparatini tekshirish, uning turli davrlarda qanday rivojlanishi va tovush hosil qilishining turli ko`rinishlarini kuzatib borish bolalar bilan olib boriladigan vokal-xor ishlarining metodikasini to`g`ri ishlab chiqarishda muhim ro`l o`ynaydi. Tovush tanglaydan chiqganida boylamlar oralig`ida yoriq qoladi, tovush ko`krakdan chiqganida ular bir biriga mahkam yopishadi. Sado chiqarishning uchunchi aralash turi ham bor. U ovoz boylamlari chetlarining va ovoz muskullari ba`zi qismlarining tebarinishidan hosil bo`ladi. Bolalar ovozi uchun diapazonning deyarli butun davomida tovushning tanglaydan chiqishi xaraktirlidir. Faqatgina kattaroq yoshda (12-13 yoshda) tovush aralash tarzda chiqadi, biroq tanglaydan chiqadigan tovushning yuqorigi qismida diapazon saqlanadi. Tanglaydan chiqadigan sado o`zining tabiiyligi, yengiligi va yorqiniligi bilan, ya`ni bolalar ashulasining ajralmas qismi sifatida ajralib turadi. Bolalar ashula aytayotganda “ko`krakka zo`r berib” aytsalar, quloqqa juda suniy va yoqimsiz eshitiladi. Jadallashtirilgan tovush bilan ashula aytayotgan bolalar stroboskop orqali kuzatilganda diapazonning butun davomida ovoz boylamlarining tebranishi ko`krakdan bo`layotgan zo`riqish tufayli yuz berayotganligini va shu bilan birga ashula aytayotganda bolalardagi umumiy zo`riqishni, gavdalari qotib qolganday yuz va bo`yinlari jiddiy holatda ekanligini ko`ramiz. Ashula zo`riqib, noto`g`ri diapazon va tessiturada (balandlikda) aytilsa barcha vokal muskullarining o`ziga xos bo`lmagan normada ishlashiga ovoz boylamlarining haddan tashqari amplituda tebranishiga sabab bo`ladi, natijada chinqiroq , kuchanib chiqarilgan tovush hosil bo`ladi. Bu hol,asosan tovush asossan tovush apparatini holatdan ketkazadi, uni buzilishiga olib keladi va turli kassaliklarni keltirib chiqaradi. Turmushda kattalarda taqlid qilib ashula aytish, ko`p vaqt ashula o`qituvchisining turli ashulalarni har-xil uslubda ijro etishi bolalarning yoshligidanoq “ko`krakka zo`r berib” ashula aytishga odatlanishlariga sabab bo`lmoqda.

Uzoq vaqt davomida ashulani zo`riqib, shuningdek, baland tessiturada va diapazonning chetki tovushlarni suiste`mol qilish oqibatsiz qolmaydi, ko`pincha u ovozning buzilishiga olib keladi: ovoz termolatsinalgan, hirrilaydigan, gijillaydigan bo`lib qoladi, to`ng`illash, bug`iqlik va shu kabi nuqsonlar paydo bo`ladi. Jadal ovoz bilan ashula aytadigan bolalarni tekshirish natijasida ovoz boylamlarida “tugunchalar” ning paydo bo`lishi, boylam chetlarining yog`onlashishi, boylamlarning bir-biriga yopishmaslik, hiqildoqning yallig`lanishi va shu kabi kassaliklar borligi aniqlandi. Bu hol bolalar ovoziga hos bo`lgan noziklik, yoqimliylik va go`zallikni yo`qotadi, ko`pincha esa butunlay ashula ayta olishni yo`q qiladi.

Bolalar bilan olib boriladigan vokal xor ishlarida tog`ri metodika ishlab chiqish uchun har-xil yoshli bolalardagi tovush apparatining rivojlanish hususiyatlarini bilish, ashula aytadigan ovozning shakllanish bosqichlariga qarab ijrochilik imkoniyatlarni bilish muhim ahamayatga egadir.

Bolaning butun organizmi kabi tovush apparati ham doim o`sib va o`zgarib boradi shuning uchun ham bolalar katta bo`lgan sari tovushning harakteri va kuchi o`zgaradi. Bu o`zgarish ayniqsa o`gil bolalarning tovush apparatida tez sezirarli darajada yuz beradi. Natijada bola ovozi erkaklar ovoziga aylanadi.

Normal rivojlanadigan bolalar ovoziga xos bo`lgan bola ovozining shakllanishidagi asosiy davrlar bilan tanishamiz:

1.Yetti-to`qqiz yoshli bolalarning ovozi o`zining yengiligi, tiniqligi va yorqinligi hamda ovozning tanglaydan chiqishi bilan ajralib turadi. O`g`il va qiz bolalarning ovozi bir biriga o`xshaganligi sababli ba`zi vaqtda ashulani kim ijro etayotganligini- og`il bolami, qiz bolami bilish qiyin. Ovozlarning deyarli hammasi diskant ovozlardir. Diapazoni do1, re1, dan do2-re2 gacha birinchi oktavadagi fa, sol, lya tovushlari eng yaxshi sado beradigan tovushlardir.

2.O`n-o`n bir yoshli bolalarning ovozi ancha kuchli va quyuqroq eshitiladi. Quyi tovushlarda, ko`krakdan chiqarib aytish elementlari uchraydi. Bu yoshda ovoz shakllana boshlaydi, xiyla muayyan temberdagi ohang paydo bo`ladi. Shu tufayli o`g`il bolalar ovozi diskant va al’tga bo`linadi. Qiz bolalarning ovozi yengil va tiniq bo`lib ba`zan ularda tembr alomatlari ham uchraydi lekin o`g`il bolalardagidek ravshan bo`lmaydi. Ovozning bir ikkiga bo`linishi shartli bo`lib, asosan diapason kengligi va musiqa o`quvining sifatiga qaraladi.

Diapazon: diskantlar (birinchi ovozlar) do1 dan fa 2, primarlar tovushlar sol1, lya 1, si 1, altlar (ikki ovozli) si dan re2 gacha, primar tovushlar fa, solgachadir.

Bolalarning yoshiga qarab ovozini harakterlashda shu narsani nazarda tutish kerakki, bolalar ovozi ko`p vaqt normadan chiqib ketadi. Odatda bu hol, bolalarda barvaqt kattalarga hos ko`krak tovushi paydo bo`lishida ko`rinadi. Bunday ovozlar o`zining kuchliyligi va to`liqligi bilan ajralib turadi, biroq bunday ovozlar g`ayri tabiiy va yoqimsiz eshitiladi. Ba`zan buning aksi ham bo`ladi ya`ni ovozning rivojlanishi kechikadida, uzoq vaqtgacha, butun diapazon davomida bolalik ovozi saqlanib qoladi.

Bolalar bilan olib borilagan vokal ishlarida bu hodisalarni hisobga olish kerak.

Mutatsiya: o`g`il bolalar ovozini saqlab qolishda o`tish davri katta ahamiyatga ega, bunda bolalik ovozi erkak ovoziga aylanadi, ya`ni mutatsiya (o`zgarish) ro`y beradi.

O`gil bolalarda mutatsiyaning boshlanish davri odatda jinsiy balog`atga yetish davriga to`g`ri keladi. Bu narsa ko`proq 12-15 yosh orasida yuz beradi, lekin ba`zan mutatsiya ertaroq 11-12 yoshda ba`zan kechroq 16-18 yoshda sodir bo`ladi. Ba`zi vaqtlarda mutatsiya butunlay bo`lmay qoladi, u vaqt bunday erkaklarda hayotning ohirigacha “ingichka” ovoz saqlanib qoladi. Mutatsiyaning boshlanishi ko`pgina sabablarga chunonchi, iqlimga bog`liqdir. Mamlakatning shimoliy tomonida mutatsiya kech boshlanadi, janubiy tomonida esa erta boshlanadi. O`zbekistonda mutatsiya ko`pincha 12-13 yoshlarda boshlanadi. Mutatsiyaning turi va davom etishi turlichadir.

Mutatsiya davri ko`pincha 1 yilga yaqin davom etadi, ba`zan bir necha hafta, bir necha oy va hatto bir necha yil (5 yil)gacha davom etish hollari ham ucharaydi. O`g`il bolalarda mutatsiya boshlangan paytni o`z vaqtida payqash va unga vokal rejimini to`g`ri belgilash uchun mutatsiyaning eng harakterli belgilarini bilish kerak. Mutatsiya boshlinishidan bir necha oy oldin mutatsiya boshlanganligining daslabki belgilari paydo bo`la boshlaydi: ovoz u qadar mustahkam bo`lmaydi, goho-goho intonatsiyasida sohtalik yuz beradi, ashula aytgisi kelmaydi, yoki agar aytsa ham past tissiturada aytishga harakat qiladi. Bu belgilar paydo bo`lib bir yo`qolib turadi. Bu vaqtda o`qituvchining juda ziyrak bo`lishi, butun diqqat etiborini shu belgilarning o`z vaqtida fahmlashga jalb etishi kerak.

Mutatsiyaning o`zi turlicha o`tadi. Ba`zida ovoz asta sekin bolalarning o`ziga ham uning atrofidagilarga ham bilinmay o`zgaradi: ba`zi paytlardagina ashula aytayotganda ovoz xirrilab, tez charchab qoladi, sohta intonatsiya paydo bo`ladi. Bu holda ovoz bo`linib chiqadi, erkak ovozining elementlari paydo bo`la boshlaydi bu mutatsiyaning osoyishta formasi bo`lib, ashula aytadigan ovozni shakllantirish uchun juda qulaydir. Biroq ba`zan mutatsiya boshqa formalarda ham yuz beradi. O`g`il bolaning ovozi ashula aytayotgan vaqtida hatto gapirib turganda ovozi o`ziga bo`y sunmay qo`yadi, birdaniga o`tkaziladi. Ovozda ba`zan past bas tovushi ba`zan aksincha juda baland tovush paydo bo`ladi. Ovozning bu hil “sakrashi” dastlab tez-tez, keyin esa bora- bora siyraklashib, past tovushlar ustunlik qiladi va bolalik ovozi erkak ovozga aylanadi. Mutatsiyaning barcha turlari va formalari bilan tanishib chiqish qiyin. Yuqorida biz tanishgan mutatsiya formalari eng ko`p tarqalgandir.

O`qituvchi mutatsiyaning dastlabki belgilari namayon bo`la boshlagan o`quvchini diqqat bilan kuzatib borishi, bu davrda ovozni juda ehtiyot qilish lozimligini tushuntirish kerak: xor bo`lib ashula aytayotganda yuqori ovozga aytishga yo`l qo`ymaslik, ovozni charchatib qo`yadigan ashula aytishga ijozat bermaslik, qisqa qilib aytganda, ashula aytish rejimini yaratib berish kerak. Mutatsiya boshlanishi bilan bola shu davrda ashula ayitshni to`htatishning zarurligi va maqasada muvofiq ekanligini tushuntirib, ashula aytishni butunlay taqiqlash lozim.

Qizlar ovozini juda ko`p tekshirish va kuzatishlar natijasida o`g`il bolalardagidek qizlarda mutatsiya bo`lmasligi aniqlandi.

Qizlarning tovush apparati sekin ashta kattalashadi, lekin o`g`il bolalarnikidek emas. Ovoz osyishtalik bilan rivojlanadi, sekin asta xotinlar ovoziga xos hususiyatlarni: to`liqlik, kuchlilik va temberni hosil qiladi.

Bolalar ovozini saqlash metotlari. Bolalarning ovoz apparati tuzilishini va xushovozlikning shakllanish hususiyatlarini chuqur o`rganish bolalar ovozini saqlash va tarbiyalash uchun ma`lum metodika ishlab chiqishni zarur qilib qo`ydi. Bu ikki tushunchani (bolalar ovozini shakllanishi va uni saqlash tushunchasini) bir biridan ajratib bo`lmaydi. Chunki bolalarni ashula aytishga to`g`ri o`rgatish ovoz saqlashning eng muhim usulidir, demak umumiy ta`lim maktablarida musiqa tarbiyasini amalga oshiruvchi ashula o`qitivchilarning roli juda kattadir. Bolalarni qo`shiqchi qilib tarbiyalash o`qituvchilarning malakasiga, bolalar ovozidagi hususiyatlarni bila olishiga, qo`shiqqa o`rgatish metodikasini qanchalik egallaganiga bo`g`liqdir.

Har bir o`qituvchi bolalarni ashula aytishga o`rgatar ekan u ashulani bolalarga hos go`zal jaranglagan, tiniq tovush bilan qiynalmasdan, erkin hech qanday zo`riqishsiz aytadigan qilib tarbiyalashga intilish kerak. Bolalarning vokal – xor malakalarini egallashi, ashulachilik qobilyatini doimiy o`stirib borishi, ijrochilik imkoniyatlarini rivojlantirish ustida muntazam ish olib borishi kerak. Ashula aytish malakalarini egallash ustida ish olib borilganda yelkani bukchaytirib yoki boshni orqaga tashlab o`tirishning nafas olishga va tovush hosil qilishga yomon ta`sir qilishni ko`rsatadigan har-xil ko`rgazmali qurollardan foydalanish juda yaxshi natijalar beradi. Sinfga bolalarning ashula aytayotganda to`g`ri va noto`g`ri holatda turganligini ko`rsatadigan plakatlarni osib qo`yish mumkin.

Tovush hosil qilish ustida olib boriladigan ishni to`g`ri tashkil qilish bolalar ovozini saqlashda juda muhim ahamiyatga ega bu yerda o`qituvchining o`zi shahsan na`muna ko`rsatishi ayniqsa muhimdir. Bolalardan talab qilinadigan tovushni hosil qilishga erishish uchun o`qituvchining o`zi shu tovushni tallafuz qilib ko`rsatishi kerak. Buning uchun o`qituvchi ma`lum darajada vokal madaniyatiga ega bo`lishi, o`z ovozini mohirlik bilan boshqara bilishi kerak. Bolalarni ovoziga qarab diskant va altlarga ajratish davri masulyatlidir. Bu ishda xatoga yo`l qo`yilsa bolalarning ovozini ishdan chiqarib qo`yish mumkin. Yo`l qo`yilgan xatolarni o`z vaqtida tuzatish uchun bolalarning ovoziga diqqat bilan quloq solib, o`rganib boorish zarur.

Qoloq va istedodli bolalarni aniqlash uchun ashula darsida va xor to`garaklarida har bir bolani yakkama yakka kuzatib borish zarur.

Bolalarni ovoziga qarab diskand va altlarga ajratish davri ma’suliyatlidir. Bu yoshda xatoga yo‘l qo‘yilsa bolalarning ovozini ishdan chiqarib qo‘yish mumkin. Yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida tuzutish uchun bolalarning ovoziga diqqat bilan quloq solib, o‘rganib borish zarur.

Qoloq va iste’dodli bolalarni aniqlash uchun ashula darsida va xor to‘garaklarida har bir bolani yakkama-yakka kuzatib borish zarur. Ayniqsa yaxshi vokal san’atini egallagan bolalarga alohida va muntazam ravishda e’tibor berib borish kerak, chunki keyinchalik bunday bolalardan haqiqiy xonandalar yetishib chiqishi mumkin.

Bolalar ovozini saqlab qolish uchun repertuarni to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Shu narsani esda tutish kerakki, haddan tashqari baland yoki haddan tashqari past tessiturali ashulalar bolalar ovoziga zazarlidir.

Maktabda xor jamoasini tashkil qilishda bolalarning yoshiga qarab, taxminan bir xil yoshdagi bolalarni to‘plash kerakligini ham yodda saqlash zarur. Ammo quyi va yuqori sinf o‘quvchilarini bitta xorga birlashtirish butunlay mumkin emas. Chunki shunday sostavdagi bolalarning hammasi uchun mos keladigan repertuar tanlash qiyin, bundan tashqari xorda ashula aytishi natijasida ovoz apparatini toliqishi ham zararlidir. Shuning uchun ashula aytavermasdan, musiqa mashg‘ulotlarining boshqa turlari bilan navbatlashtirib turish kerak.

Bolalar ovozini saqlashda profilaktik tadbirlarining ham katta ahamiyati bor. Bunga, birinchi navbatda, tushuntirish ishlari kiradi. Bu ishni ashula o‘qituvchilari keng bolalar ommasi o‘rtasida va bolalarga bevosita aloqador bo‘lgan kattalar o‘rtasida: maktab rahbarlari, o‘qituvchilari, va hokazolar o‘rtasida olib borishlari kerak.

Har bir ashula o‘qituvchisi va badiiy jamoaning rahbari o‘quv yiliing boshida bolalarga ovozni ehtiyot qilib saqlash, o‘yin vaqtida, ayniqsa havo sovuq bo‘lganda haddan tashqari baqirmaslik zarurligini tushuntirish kerak.

Bolalarni shamollashdan saqlash kerak. Shamollash badan qizib ketganda yoki uzoq ashuladan keyin butun badan emas, balki faqatgina tovush apparati qizib ketganda sovuq suv ichish, muzqaymoq yeyishdan paydo bo‘lish mumkin.

Ochiq havoda ommaviy o‘yin-tomosholar, sayillar o‘tkazilayotgan vaqtda ekskursiya va namoyish vaqtida qattiq ovoz bilan ashula aytishning zararli ekanligini tushuntirish kerak. Ochiq havoda ashula aytish mumkin, lekin sovuq havoda va jadal ovoz bilan aytish mumkin emas.

Ota-onalar o‘rtasida ham tushuntirish ishlari olib borish katta ahamiyatga ega. Ko‘pincha ota-onalar bilmasdan kattalar repertuariga hos ashulalar ayttirib, o‘z bolalarining ovozini buzib qo‘yadilar. Ota-onalar ashula aytishga qobilyatli bo‘lgan bolalari bilan fahrlanib, o‘z tanishlari oldida ularga ashula ayttiradilar. Natijada esa bolalar kattalarga taqlid qilaman deb ashula uslubini buzadi va ovozlarini ishdan chiqaradilar.

Profilaktika tadbirlarining yana bir muhim jihatlardan biri xor to‘garaklari qatnashchilarining va ashulachilik qobiliyati bo‘lgan bolalarning ovoz apparati qobiliyatining ovoz apparati holatini mutaxassis-vrach ko‘rigidan o‘tkazishdir.

O‘qituvchi ashula aytayotganida bolalarning ovozida biror nosozlikni sezib qolsa, shunday bolalarning tovush appratini, shu bilan birga, ashula aytayotgan vaqtda hiqildog‘ining og‘riyotganidan shikoyat qilgan bolalarni ham vrachga ko‘rsatishi kerak.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Vokal va jamoa hamda mumtoz qo‘shiqlarimizni rivojlantirishda bolalar ovozini saqlashni tarbiyalash masalasi katta davlat ahamiyatiga egadir.

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati.

R. G. Qodirov. “Boshlang’ich maktabda ko’p ovozli kuylash” T., O’qituvchi. 1997 – yil.

Ro‘ziyev Sh. “ Xorshunoslik” G‘.G‘ulom nashriyoti

TDPU. “Uzluksiz ta’lim tizimida musiqa fanlarini o‘qitish masalasi. Respublika ilmiy amaliy anjumani materiallari. Toshkent, 2009 y.

«Uzluksiz pedagogik ta’lim konsepsiyasi» ilmiy –rasmiy pedagogik hujjat.

«Umumta’lim maktablarining musiqa ta’lim-tarbiya konsepsiyasi» ilmiy –rasmiy pedagogik hujjat.

«Ta’lim to‘g‘risida» ilmiy – rasmiy pedagogik hujjat.

Комментировать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ бесплатно!
Подробнее
Также Вас может заинтересовать
Музыка и пение
Разное по музыки и пению для дошкольников «Новогодняя сценка "Подарок для Деда Мороза"»
Музыка и пение
Музыка и пение
Музыка и пение
Музыка и пение
Конспект занятия по музыки и пению для дошкольников «Сценарий новогоднего праздника для детей старшей группы "Новогодняя сказка"»
Комментарии
Добавить
публикацию
После добавления публикации на сайт, в личном кабинете вы сможете скачать бесплатно свидетельство и справку о публикации в СМИ.
Cвидетельство о публикации сразу
Получите свидетельство бесплатно сразу после добавления публикации.
Подробнее
Свидетельство за распространение педагогического опыта
Опубликует не менее 15 материалов и скачайте бесплатно.
Подробнее
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и скачайте рецензию бесплатно.
Подробнее
Свидетельство участника экспертной комиссии
Стать экспертом и скачать свидетельство бесплатно.
Подробнее
Помощь