“DIXIT ALGORIZMI …” (AL-XORAZMIY AYTADIKI)

Разное
Ushbu maqolada al-Xorazmiy asarlari haqida qisqacha so'z boradi
MATYAQUBOVA SULTONPOSHSHA MASHARIPOVNA
Содержимое публикации

DIXIT ALGORIZMI …” (AL-XORAZMIY AYTADIKI)

Matyaqubova Sultonposhsha Masharipovna

Xiva shahar 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining

matematika fani o‘qituvchisi

Xiva, Xorazm, O‘zbekiston

Annotatsiya: Al-Xorazmiy bobomiz bugungi kunda insoniyatning kundalik hayotini ularsiz tasavvur qila olmaydigan texnikalarning tub “ildiz”ini yaratib ketganligi to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar keltirib o‘tamiz.

Kalit so‘zlar: al Xorazmiy, matematika,algoritm, madaniyat, tarix.

Abu Ja’far Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taxminan, 783-yil Xorazmda tavallud topgan bo‘lib, u dunyo ilm faniga mislsiz ulkan hissa qo‘shgan alloma, Algebra fani va Algoritm terminlarining “otasi”, buyuk matematik, tarixchi, fallakiyotshunos, geograf sifatida butun dunyoga mashhur. Buyuk alloma haqidagi ma’lumotlar bizgacha juda kam miqdorda saqlanib qolgan. Bobomizning turli sohalarda yozilgan butun dunyoga mashhur bo‘lgan quyidagi 9 ta ilmiy asarigina fanga ma’lum va shulardan 7 tasi bizgacha yetib kelgan holos:

Kitab Muxtasab Al jabr val-muqobala” (“Tiklash va qarama-qarshi qo‘yish haqida muxtasar kitob”)

Zij” (“Astronomik jadvallar”)

Usturlob yasash kitobi”

Hind hisobi haqida kitob”

Kitab surat al-Ard” (“Yer surati haqida kitob”)

Usturlob yordamida qilinadigan harakatlar haqida kitob”

Quyosh soatlari haqida kitob”

Yaxudiylar yil hisobi va ularning bayramlarini aniqlash haqida kitob”

Tarix kitobi”.

Shulardan buyuk allomani dunyoga eng mashhur qilgan asari “Kitab Muxtasab Al jabr val-muqobala” bo‘lib, tahlil qilingan chiziqli va ikkinchi darajali tenglamalarni yechish jarayonida, tarixda ilk marotaba al-Xorazmiy tomonidan qo‘llanilgan usul tenglamalarning ma’lum va noma’lum hadlarini guruhlash, yani tenglikning o‘ng tarafiga ma’lum qiymatlarni, chap tarafiga esa noma’lum tartiblash – “Tiklash”, ularni o‘zaro matematik amallar yordamida soddalashtirish, qisqartirish va yechish – “Qarama-qarshi qo‘yish” deb atalganligidir. Kitob mantiqan ikki qismga bo‘lib tasniflangan: Nazariy va amaliy qismlar. Kitobning lotin tilidagi tarjimasi “Dixit Algorizmi” (al-Xorazmiy aytadiki …) deb boshlanadi va bu buyuk allomaning nomini abadiyatga muxrlanishiga sabab bo‘ldi.

Algoritm” tushunchasi esa aynan shu ikkita so‘z “Dixit Algorizmi”dir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Abdurahmanov A. “Al Xorazmiy – buyuk matematik”, T.,1983;

Salye M.A. “Muxammed al Xorezmi – velikiy uzbekskiy uchyoniy”, T.,1954

Комментировать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ бесплатно!
Подробнее
Также Вас может заинтересовать
Математика
Факультативы по математике для 1 класса «Математическая сказка «Мальчик с пальчик»»
Математика
Презентации по математике для дошкольников «Интерактивная игра по математике»
Математика
Оценка знаний по математике для 3 класса «Контрольная работа по теме "Дробные числа"»
Комментарии
Добавить
публикацию
После добавления публикации на сайт, в личном кабинете вы сможете скачать бесплатно свидетельство и справку о публикации в СМИ.
Cвидетельство о публикации сразу
Получите свидетельство бесплатно сразу после добавления публикации.
Подробнее
Свидетельство за распространение педагогического опыта
Опубликует не менее 15 материалов и скачайте бесплатно.
Подробнее
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и скачайте рецензию бесплатно.
Подробнее
Свидетельство участника экспертной комиссии
Стать экспертом и скачать свидетельство бесплатно.
Подробнее
Помощь