Дать студентам высших учебных заведений музыкального образования представление об «исторических этапах развития узбекского фольклора и фольклора».

Уроки
Эта статья написана на узбекском языке. В целях возрождения национальных ценностей народа, образцов фольклора, красивых традиций, глава государства подчеркнул необходимость обратить внимание на формировавшийся веками богатый фольклор народа, праздники добра и любви. первые дни независимости. В данной статье автор разъясняет свою методику студентам высших учебных заведений в области музыкального образования, чтобы правильно сформировать в их сознании представление об «исторических этапах развития узбекского фольклора и фольклора».
Маъруфжон Абдумуталибович Ашуров
Содержимое публикации

Oliy ta’lim musiqiy ta’lim yo’nalishi talabalariga ongida “O’zbek xalq og’zaki va folklorijodiyotiningtarixiy taraqqiyot bosqichlari” haqida tasavvur hosil qilish.

Ma’rufjon Ashurov Abdumutalibovich

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi

San’atshunoslik fanlari dotsenti

(O’zbekiston)

mail: maruf79@bk.ru

Annotatsiya: Yurtboshimiz xalqning milliy qadriyatlarini, xalq og’zaki ijodi namunalarini, go’zal urf-odatlarini tiklash uchun uning uzoq asrlar davomida shakllangan boy xalq og’zaki ijodiga, ezgulik, mehr-muhabbat bilan yo’g’rilgan bayramlariga diqqat e’tibor qaratish zarurligini mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq uqtirib kelindi.

Ushbu maqolada muallif Oliy ta’lim tehsil olayotgan musiqiy ta’lim yo’nalishi talabalariga ongida “O’zbek xalq og’zaki va folklorijodiyotiningtarixiy taraqqiyot bosqichlari” haqida tasavvur to’g’ri hosil qilish haqida o’z metodikasini tushuntirib bergan.

Kalit so’zlar: Mustaqillik, xalq og’zaki ijodi, ezgulik, mehr-muhabbat, bayramlar, sayillar, san’at yodgorliklari, sharqona tafakkur, g’ururni shakllantirish, kamolga yetkazish, ajdodlarimiz, tarixiy, madaniy.

Kirish. Mustaqillikka erishganimizdan buyon o’tgan qisqa muddatda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan barcha tarixiy, madaniy, adabiy, san’at yodgorliklari va xalq og’zaki ijodini chuqur o’rganish, tahlil qilish, ulardagi umumbashariy va milliy g’oyalarning zamonga xizmat qildirgan holda o’zbekona, sharqona tafakkurni, g’ururni shakllantirish va kamolga yetkazish doimiy e’tiborda bo’ldi.

Mustaqillik O’zbekistonning birinchi prezidenti aytganidek, istiqlol tufayli «Respublikani haqiqatdan ham, uning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda xalqning azaliy turmush tarzi, an’analari, urf-odatlari, ko’nikmalarini, mavjud beqiyos tabiiy boyliklarini har tomonlama hisobga olib yuksaltirish amalda mumkin bo’lib qoldi.

Yurtboshimiz xalqning milliy qadriyatlarini, xalq og’zaki ijodi namunalarini, go’zal urf-odatlarini tiklash uchun uning uzoq asrlar davomida shakllangan boy xalq og’zaki ijodiga, ezgulik, mehr-muhabbat bilan yo’g’rilgan bayramlariga diqqat e’tibor qaratish zarurligini mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq uqtirib kelindi.

Istiqlol xalq og’zaki poetik ijodini rivojlantirishga, xalq yaratgan ma’naviy-madaniy merosni avvalgidek sinfiylik, partiyaviylik emas aniqlik, reallikka binoan yozib olish, chop etish va tahlil etishga imkoniyat yaratdi. Prezidentimizning xalq og’zaki ijodini, xalq milliy donishmandlik qadriyatlarini o’ziga xos axloq Kodeksi deb atadilar. “Qadimgi ajdoldlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy til bilan aytsak, sharqona axloq Kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopokka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi kerak”- deganlarida hozirgi o’sib kelayotgan yosh avlod uchun nihoyatda kerakli bo’lgan ma’naviy tarbiya masalasi ko’zda tutilgan edi.

Shunday ekan, O’zbekiston Oliy ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya masalalariga bugungi tamoyillar nuqtai nazaridan qaratilgan bo’lib, komil inson tarbiyasida xalq donishmandligining manbai hisoblangan xalq og’zaki ijodi qadriyatlari eng muhim ma’naviy boylik hisoblanadi.

Badiiy so’z san’ati madaniyatining eng qadimgi va uzoq tarixga ega bo’lgan sohasi folklordir.

Folklorshunoslikda «xalq ijodi» atamasining mohiyati va bu tushunchaning ma’nosi xaqida turli xil fikrlar bildirilgan bo’lsa-da, xalq ijodiyotining o’ziga xos tabiati va yetakchi xossalari to’la ochib berilgan emas. Mehnat jarayonida insonning tajribasini ortishi, ongining rivojlanishi, tabiat va jamiyat haqidagi fikr-tushunchalarni obrazli so’zlar orqali tasvirlashga intilish og’zaki ijod shaklini paydo bo’lishiga turtki bo’ldi.

Xalq og’zaki ijodi - mehnatkash xalq ijodi. Xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, xalq san’atining boshqa turlaridan ( musiqa, teatr, raqs, tasviriy va amaliy san’at hamda boshqalardan) o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og’zaki so’z san’atidir. U og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga, davrdan-davrga o’tib, xalqning iste’dodli vakillari ijrosida sayqal topib, o’zbek xalq poetik ijodini tashkil etdi.

Biroq, u dastlab qanday yaratilgan bo’lsa, o’sha holicha saqlanib qolmay, ijodiy qayta ishlanib, turli o’zgarishlarga uchrab, yangi-yangi ma’lumotlar bilan boyib, tarixiy sharoitga moslashib, shu bilan birga yozma adabiyotga ijobiy ta’sir etdi.

Xalq og’zaki poetik ijodi – og’zaki so’z san’ati «folklor» yoki «folkloristika» deb yuritiladi.

Folkloristika turli davrlarda va turli mamlakatlarda goh etnografiya, goh antropologiya, goh musiqashunoslik va hatto sotsiologiyaning bir qismi deb qaralib kelingan.

«Folklor» termini birinchi marta XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846 yilda qo’llandi. «Folk»-«xalq», «lor»-«bilim», «donolik», «donishmandlik» ya’ni «xalq bilimi», «xalq donoligi», «xalq donishmandligi» degan ma’noni anglatadi. «Folklor» termini xalqaro terminga aylanib, turli mamlakatlarda qo’llanila boshladi.

Angliya va Amerika qo’shma shtatlarida xalq badiiy faoliyatining barcha turlari-poetik ijod, musiqa, raqs, o’yin, teatr, tasviriy va amaliy san’at shuningdek, irim-sirim, ishonch-e’tiqod va urf-odatlar shu termin bilan ataladi.

O’zbek folklorshunosligida «folklor» termini 1932 yillarda Hodir Zarif kiritdi va oliy o'quv yurti talabalari uchun mo’ljallangan birinchi kitobini «o’zbek folklori» deb atadi. Ungacha «folklor» termini o’rniga «el adabiyoti», «og’zaki adabiyot», «o’zbeklarda og’zaki adabiyot» kabi atamalar qo’llanib kelinardi. Bu termin o’rniga «folklor» termini mustahkam o’rnashib qoldi.

O’zbek xalq og’zaki ijodida esa «folklor» deganda asosan xalq poetik ijodi tushuniladi. Xalq san’atining boshqa turlari, masalan, musiqa uchun «musiqa folklori» termini qo’llaniladi.

Folklor asarlarida musiqa, raqs, teatr san’ati elementlari qo’shilib ketganligi sababli folklor sinkretik san’at deyishimiz mumkin. Ayni paytda folklor asarlari san’atning boshqa turlaridan o’ziga xos tomonlari bilan farqlanadi. Folklorda so’z, kuy va ijro birligi doimo saqlanadi. Shuning uchun xalq ijodini o’rganuvchi, tekshiruvchi fan folklorshunoslik deb yuritiladi. Folklorshunoslik asoslari qadimgi dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urf-odat va marosimlar haqidagi yozma va og’zaki yodgorliklari folklorshunoslik uchun muhimdir. Folklor asarlarini yozib olishdagi birinchi tajribalar XI asrdan boshlab ko’zga tashlandi.

Folklor asarlarida mehnatkash xalqning hayotini aks ettiradi. Xalqning olam haqidagi tushunchalarini ijtimoiy-tarixiy, siyosiy, falsafiy va badiiy-estetik qarashlarini o’zida mujassamlashtiradi. Bu narsalarni folklor asarlari mazmuni va g’oyasining chuqur xalqchilligini ko’rsatadi. Folklordagi xalqchillikning asosini uning progressiv (tobora o’sib ko’payib boradigan) mohiyati tashkil qiladi. Tarixiy- ijtimoiy voqealar folklor asarlarida xalqning munosabatlari nuqtai nazaridan.

Folklor o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’lib: og’zakilik, xalqchillik, an’anaviylik, jamoa bo’lib ijro etish, o’zgaruvchanlik kabi xususiyatlarni o’z ichiga oladi.

O’zbek xalqining boy va rang-barang folklor merosiga egaligi uning etnik tarkib,i serqatlamligi va tarixiy taraqqiyot yo’lini asosan Markaziy Osiyodagi ikki daryo oralig’ida kechganligi bilan ham chambarchas bog’liq. Chunki, Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi hudud qadim-qadimdan xalqlarning buyuk ko’chishlari hamda turli siyosiy, madaniy, iqtisodiy munosabatlardagi yuksalishlarida bir chorraha vazifasini o’tagan. Bu borada birgina Buyuk ipak yo’lining ushbu hududni deyarli to’liq kesib o’tganligini eslashning o’zi kifoya. O’z navbatida, qaysi yerdan savdo yo’llari o’tsa, o’sha joyda iqtisodiy-siyosiy va madaniy yuksalish jarayonlari kechganligi tabiiydir.

O’rta Osiyo hududi, jumladan ikki daryo oralig’ida paydo bo’lgan etnoslar va davlat tarixi butun dunyo tarixi va taraqqiyotida muhim o’rin tutishi bu hududning har jihatdan qulay sharoitda joylashganligi bilan ham belgilanadi.

O’zbek xalqi uchta katta etnosdan tashkil topganligi va qorluq, qipchoq va o’g’iz qabilalarning o’zaro birlashuvi natijasida bugungi o’zbek xalqining yadrosi paydo bo’ldi.

Ma’lumki, bu uch qabila birlashmalari boshqa hududlarda ham turkiy xalqlarning shakllanib, tarkib topishida muhim rol o’ynagan. Bu jarayonlar xalq og’zaki poetik ijodida ham yaqqol ko’zga tashlanib turadi. O’rta Osiyo xalqlari folklorining negizida, syujet qurilishida, etakchi motivlarida ham o’ziga xoslikni ko’ramiz. Bundan tashqari folklor asarlari ijtimoiy qimmatga egaligi bilan ham ajralib turadi. Kelajak avlodni ham ma’rifiy, g’oyaviy-tarbiyaviy va estetik jihatdan tarbiyalashda asosiy ahamiyatga ega.

O’zbek xalq badiiy ijodi asrlar davomida yaratilib, og’izdan og’izga, avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o’tib kelgan jamoa ijodi mahsulidir. Chunki folklor asarlari bir kishi tomonidan emas, balki butun bir jamoa ning ijodiy tajribasi asosida vujudga keladi va jamoa tomonidan ijro etiladi. Ba’zi folklor asarlar esa iste’dodli kishilar tomonidan yaratilib, o’z qabilasi va uruglari odatlari, e’tiqodi, orzu istaklari, tabiat bilan bo’lgan munosabatlari hikoya qilingan. Qabila va urug’ a’zolarga ma’qul tushgan bu asarlar og’izdan og’izga o’tib, jamoa ijodiga aylangan. Asarlar shu tariqa jamoa orasida takomillashib, xalq mulkiga aylanadi. Xalq kuychisi (dostonchi, ertakchi, qo’shiqchi, latifaguy, askiyachilar) jamoa tomonidan yaratilgan asarlarni aynan so’zma-so’z ijro etmay unga ijodiy yondoshadi. Shuning uchun ham u ijro etayotgan asarlarni hamisha «xalqniki» deb tan olinadi.

Yakka ijodkor qanchalik iste’dodli bo’lmasin jamoa ijodining an’analariga bo’ysungan, xalq hayoti, xalq didi va talabiga moslashishga harakat qilgan.

Xalq poetik ijodi yozuv paydo bo’lmasdan ilgari yuzaga kelgan. Uning yaratilishi va kishilar o’rtasida tarqalishi jonli og’zaki an’ana bilan bog’liqdir. Og’zakilik xususiyati uni xalq san’atining boshqa turlaridan masalan: musiqa, raqs, ganch-o’ymakorliklardan ajratib turadi. Folklor asarlarining uzoq asrlar davomida og’zaki yaratilishi va og’zaki ijrosi uning shakl va mazmuniga ta’sir etmasdan qolmaydi.

O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi zamonlarga oid ayrim og’zaki yodgorliklari ba’zi bir manbalar bizga qadar saqlanib qolgan. Bu manbalar tarix kitoblari, ilmiy asarlar, yozma yodgorliklar va boshqalardan iborat. Antik tarixchilardan Gerodot, Kteziy, Polien, Xares Mitilenskiy va boshqalarning kitoblarida xalq og’zaki ijodining ayrim asarlarining mazmuni hikoya qilib qoldirilgan. Shuningdek, o’rta asr tarixchilaridan Hamza Isfaxoniy, Tabariy, Ma’sudiy, Beruniy, va boshqalarning asarlarida ham og’zaki adabiyotga doir qimmatli materiallar va ma’lumotlar bor. «Avesto»,»Bexustun», «Bundaxishi», «Denkard», kabi yozma yodgorliklarda og’zaki adabiyotning ba’zi bir namunalari o’rin olgan. Mahmud Qoshg’ariy esa o’zining mashhur lingivistik «Devonu lugotit turk»ida qadimgi hushiq, lirik she’r va moqollardan turli namunalar beradi.

Ma’lumki, ayrim tarixiy faktlarning to’liq esda qolmasligi, zamon taqozosi bilan unutilishi natijasida, ularni asarlaridan tushib qolishi, o’zgarishi, qorishtirilib, talqin etilishi uchrab turadi. Shuning uchun ham tarixiy voqea va hodisalar ham folklorda aynan aks etmaydi. Ba’zan esa dostonlarda mavjud bo’lgan she’riy parchalarni unutilishi, mazkur janrlarni ertak shakliga keltirib qo’yishi ham mumkin yoki aksincha ertakni dostonga aylantirishi mumkin. folklorda yuz beradigan bu kabi hodisalar uning g’oyaviy-badiiy, estetik qiymatini kamaytirmaydi.

An’anaviylik jamoa ijodi mahsulidir. Bu o’zining tarixiy manbalariga ega. Folklor asarlarining dastlabki na’munalari ibtidoiy jamiyat davrida yaratilgan. Shu sabab folklor asarlarining syujeti, timsollar motivlarida ibtidoiy turmush shart-sharoitlari, urf-odatlari va dunyoqarashlarining in’ikosi sifatida yuzaga kelgan Folklor asarlarining og’zaki yaratilishi va og’zaki ijro etilishi ularning o’zgarmas barqaror shakllari- an’anaviylikni yuzaga keltirgan. Masalan, qahramonlik tipidagi ertaklar va dostonlar janrlarda ma’lum darajada tafovut mavjud bo’lsa ham badiiy uslub an’anaviy shaklga ega. Har ikkisida ham (ertakda ham, dostonda ham) kompozitsiya an’anaviy boshlama, syujet bayoni va tugallanmadan iborat. Bosh qahramon va voqealar mubolag’a shaklida tasvirlanadi. Asar matni nisbatan turg’un holda saqlanadi. Folklor asarlaridagi asosiy syujetlar, timsollar va badiiy tasvir vositalari an’anaga aylanadi, hamda og’izdan og’izga, avloddan – avlodga o’tish jarayonida qisman o’zgaradi, ayrim detallar qo’shiladi, biroq asosiy manba an’ana bo’lib qolaveradi.

Tarixiy taraqqiyot natijasida ba’zi bir asarlar dastlabki shaklini o’zgartirishi mumkin. Folklor asarlariga an’anaviylik bilan bir qatorda ijodiy o’zgaruvchanlik ham xosdir. Asarlar har gal kuylanganda va ijro etilganda nimalardir o’zgaradi, nimalardir qo’shiladi. Biroq bu o’zgarishlarning barchasi puxta va mustahkam an’analar doirasida bo’ladi. An’anaviylik folklorning so’z san’ati sifatida jonli og’zaki ijroda yashashi va tarqalishining bosh mezonlaridan biridir.

Folklor asarlarining davrdan davrga, ijrodan ijroga o’tishida yuzaga kelgan o’zgarishlar variantlarda aks etadi. Folklor asarlarini ko’p xolatlarda, bir necha nusxalarda tarqalishi variantliligi hisoblanadi. Variantlar muayyan bir asarning bir-birini inkor etmaydigan, jonli va og’zaki an’anada mustaqil yashay oladigan turli - tuman matnlaridir. Masalan: «Alpomish» dostonining 30 ga yaqin variantlari yozib olingan, lekin xalq orasida esa bundan ham ko’p variantlari tarqalgan. Variantlar asosan hayotiy shart-sharoitlar natijasida yuzaga keladi. Doston kuylovchi baxshi-shoir yoki ertakchi asar ijro etayotgan davr, sharoit va tinglovchilarga qarab doston yoki ertakka o’zgartirishlar kiritadi. Masalan, kattalarga aytilgan bir ertak bolalarga boshqacha qilib aytiladi. Shu tarzda o’sha ertak o’zgara boradi. Nihoyat, ertak variantlari vujudga keladi. Demak, har bir folklor asarining yaratilgan vaqti tarqalishi va yashash sharoitlari juda murakkab. U ijtmoiy va iqtisodiy muhit, tinglovchilar auditoriyasi, ijodkor va ijrochi mahorati bilan bog’liq bo’ladi. Variantlilik xalq ijodining tarqalish doirasini, ommaviyligini va xalqchilligini belgilaydi.Folklorda kechayotgan o’zgarishlarning sabablarini aniqlashga, xalq og’zaki ijodiyotida kechgan va kechayotgan jarayonlar asosida yotuvchi qonuniyatlarni ochish uchun boy manba beradi.

Halq og’zaki ijodi-folklor termini inglizcha folk-halq va lore-donolik so’zlaridan yasalgan bo’lib, xalq donishmandligi, donoligi, hunarmandligi, san’atkorligi ma’nolarini anglatadi. Qadimgi ilk ikshilar yozuvni bilmagan zamonlarda o’z fikrlarini og’zaki bayon etganlar. SHundan ularning og’zaki badiiy ijodi paydo bo’lgan. U o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan so’z san’ati bo’lib, uning barcha na’munalari jonli ijro jarayonidagina yashaydi. SHuning uchun so’z va kuy omuxtaligi ustun bo’lsa, ayrimlarida sahna san’ati harakatlari ustun turadi. Folklor barcha san’at turlari ko’rinishlarini o’ziga mujassamlashtirgan. Folklorning bir talay na’munalari so’z va kuy uyg’unligida ijro etiladi. Doston va termalarni do’mbira jo’rligida kuylash an’anaviy bo’lsa, qo’shiqlar dutor va doira jo’rligida, chog’uchilar ansambli jo’rligida kuylangan. Boshqa bir folklor asarlarida so’z etakchi o’rinni egallaydi. Ertak, afsona, rivoyat, lof, naql, latifa, topishmoq va maqol janrlari shunday xarakterga ega.

Folklor urug’, qabila, elat yoki xalqning milliy og’zaki badiiy ijodiyoti bo’lib, o’sha qabila, urug’, elat, xalq yoki millatning mafkurasi va psixologiyasini aks ettiradi. Unda voqelikni ifodalashning doston, ertak, maqol, qO’shiq, topishmoq singari xilma-xil janrlari shakllangan. Xalq og’zaki badiiy ijodi asarlari uzoq muddatli ijodiy jarayonda, og’izdan-og’izga, avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o’tib yuzaga keladi va yashaydi, ularning aniq bir muallifi noma’lumdir. SHuni aytish o’rinliki, folklor musiqa san’ati qadim zamonlarda jamoaning ommaviy ijodi sifatida yuzaga kelib, uning ilk na’munalari jamoa ijrosiga mo’ljallangan. o’sha davrlarda yakka ijrochilar jamoa ijrochilaridan ajralib chiqmagan edi. Biroq davr o’tishi bilan, ijrochilik mahoratlari oshishi bilan jamoalar orasidan yakka ijrochilar ajralib chiqa boshladilar.

Foydalangan adabiyotlar ro’hxati:

Imomov K. O’zbek xalq ogzaki poetik ijodi T:. -«O’qituvchi» 1990.

Mallaev N. O’zbek adabiyoti tarixi. T:. -«O’qituvchi» 1976.

Mirzaev. T, Sarimsoqov. B. «O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi». T:. -«O’qituvchi» 1990 yil;

Nasriddinov K. O’zbek dafn-ta’ziya marosimlari. T:. -1976.

Razzokov X. O’zbek xalq ogzaki poetik ijodi. T:. -«O’qituvchi» 1998.

Комментировать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ бесплатно!
Подробнее
Также Вас может заинтересовать
Музыка и пение
Музыка и пение
Конспект занятия по музыки и пению для дошкольников «Кошкин дом»
Музыка и пение
Конспект занятия по музыки и пению для дошкольников «Конспект тематического музыкального занятия “День Матери”»
Комментарии
Добавить
публикацию
После добавления публикации на сайт, в личном кабинете вы сможете скачать бесплатно свидетельство и справку о публикации в СМИ.
Cвидетельство о публикации сразу
Получите свидетельство бесплатно сразу после добавления публикации.
Подробнее
Свидетельство за распространение педагогического опыта
Опубликует не менее 15 материалов и скачайте бесплатно.
Подробнее
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и скачайте рецензию бесплатно.
Подробнее
Свидетельство участника экспертной комиссии
Стать экспертом и скачать свидетельство бесплатно.
Подробнее
Помощь