BOLALAR XALQ QO'SHIQLARI

Конспект занятия
Ushbu maqola umumiy o'rta ta'lim maktablarining 4-sinf o'quvchilari uchun
AVEZOVA NOILA JUMANIYAZOVNA
Содержимое публикации

BOLALAR XALQ QO‘SHIQLARI

Avezova Noila Jumaniyazovna

Xiva shahar 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining

oliy toifali musiqa fani o‘qituvchisi

Xiva, Xorazm, O‘zbekiston

Annotatsiya: O‘zbek xalqining zamonlar osha bizgacha yetib kelayotgan va abadiy davom etuvchi bolalar xalq qo‘shiqlari haqida qisqacha so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: madaniyat, san’at, musiqa, bolalar, xalq qo‘shiqlari, bolalar xalq qo‘shiqlari, ilm-fan, darslik.

Ma’lumki, har bir davr yoki zamon o‘z taraqqiyot darajasi negizida o‘zining ma’naviy dunyosiga ega bo‘ladi. Asosan o‘zbek xalq bolalar qo‘shiqlari maktabgacha bo‘lgan ta’lim muassasalaridanoq o‘rganilib kelinadi. Bundan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni turli zamonaviy shovqinli musiqalardan imkoni boricha uzoqlashtirib, milliy an’anaviy ruhdagi klassik va noyob san’at durdonalarimiz borligini anglatishdir.

Uzoq asrlardan bizgacha yetib kelgan bolalar qo‘shiqlari o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodining tarkibiy qismini tashkil etadi. Ularda yosh avlodning jo‘shqin hayoti, yil fasllari va turli bayramlarga munosabati o‘ziga hos ifoda etiladi.

Bolalar qo‘shiqlarining ko‘pchiligi o‘yin bilan yoki o‘yin vaziyatida aytilgan. Bahor faslida kuylangan “Binafsha”, “Chittigul”, “Yomg‘ir yog‘aloq”, “Laylak keldi” singari qo‘shiqlar shular jumlasidandir. Masalan, bahor chog‘i yomg‘ir shivirlab yog‘arkan, shu fursatda quvongan bolalar o‘yinga berilib, mutoyiba ila “Yomg‘ir yog‘aloq” qo‘shig‘ini kuylaydilar.

Binafsha va boychechaklarning unib chiqishi ham bolalarning quvnab o‘ynashlari va qo‘shiq kuylashlariga sabab bo‘lgan va natijada ushbu qo‘shiq yaralgan:

BINAFSHA

Quvnoq

Bolalar repertuaridan o‘rin olgan o’zbek xalq qo’shiqlari raqsbopligi, ijroda ko‘pchilik ishtirok etishi bilan boshqa janrlardan ajralib turadi. “Yalla yorim” qo‘shig‘ini bunga yaqqol misol qilishimiz mumkin.

Hulosa qilib aytganda, bugungi kunning asosiy talablari - har bir sohada mustaqil bo‘lish, milliy qadriyatlarimizni asrash va jahon andozalari doirasida faoliyat ko‘rsatishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar:

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 2000-2005;

Ibrohimov O. “O‘zbek xalq musiqa ijodi”, T., 1994;

O‘zbek xalq poetik og‘zaki ijodi”, T., 1990;

www.ziyouz.com kutubxonasi

Комментировать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ бесплатно!
Подробнее
Также Вас может заинтересовать
Музыка и пение
Разное по музыки и пению для дошкольников «Роль воспитателя на музыкальных занятиях.»
Музыка и пение
Разное по музыки и пению для дошкольников «Сценарий новогоднего утренника»
Музыка и пение
Музыка и пение
Разное по музыки и пению для дошкольников «Сценарий выпускного утренника"Детство уходит от нас"»
Комментарии
Добавить
публикацию
После добавления публикации на сайт, в личном кабинете вы сможете скачать бесплатно свидетельство и справку о публикации в СМИ.
Cвидетельство о публикации сразу
Получите свидетельство бесплатно сразу после добавления публикации.
Подробнее
Свидетельство за распространение педагогического опыта
Опубликует не менее 15 материалов и скачайте бесплатно.
Подробнее
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и скачайте рецензию бесплатно.
Подробнее
Свидетельство участника экспертной комиссии
Стать экспертом и скачать свидетельство бесплатно.
Подробнее
Помощь