История полифонии в музыкальной культуре, современные формы и методы обучения полифоническому пению.

Уроки
Эта статья написана на узбекском языке. В истории узбекской музыки проблема плюрализма неоднозначна. Это не напрасно. Восточная музыка на протяжении веков превратилась в монодическое ядро. Естественно, появление новых жанров и форм (опера, симфония, оратория и др.) вызвало протесты консервативных мыслителей музыкальной культуры. Противники введения плюрализма говорят о нецелесообразности использования элементов, чуждых узбекской музыке. Такая политика мышления есть результат недооценки и непонимания прогрессивного значения шовинизма. В данной статье автор предоставляет информацию об истории полифонии в музыкальной культуре, современных формах и методах обучения полифоническому пению.
Маъруфжон Абдумуталибович Ашуров
Содержимое публикации

Musiqa madaniyatida ko’povozlilik tarixi, ko’povozli kuylashga o’rgatishning zamonaviy shakl va uslublari.

Ma’rufjon Ashurov Abdumutalibovich

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi

San’atshunoslik fanlari dotsenti

(O’zbekiston)

mail: maruf79@bk.ru

Annotatsiya: O’zbek musiqasi tarixida ko’povolilik muammosi katta tortishuvlarni keltirib chiqaradi. Bu bejiz emas. Sharq musiqasi ko’p asrlar davomida monodik o’zakda, birovozlik bo’lib rivojlanib keldi. Tabiiyki, yangi janr va shakllar (opera, simfoniya, oratoriya va boshqalarning) paydo bo’lishi musiqa madaniyatining konservativ fikr yurituvchi arboblarida e’tiroz uyg’otdi.

Ko’povozlilikning kiritilishiga qarshilar o’zbek musiqasiga yot bo’lgan (unsur) elementlarni qo’llash go’yoki noo’rin ekanligini ta’kidlashadi. Bunday fikrlash siyosati ko’oovozlilikning progressiv ahamiyatiga yetarlicha baho bermaslik, tushunib yetmaslik natijasidir, xolos.

Ushbu maqolada muallifmusiqa madaniyatida ko’povozlilik tarixi, ko’povozli kuylashga o’rgatishning zamonaviy shakl va uslublari haqida ma’lumotlar keltirgan.

Kalit so’zlar; tovush apparati, eshituychi nervi, Quloq tovushlar birikmasi, musiqani o’zlashtirish, professional musiqachilar, musiqiy pedagogika.

6. Jo‘rаеvа Аzizа

ОPB bo‘limidаn:

Аҳmеdоvа Mоҳigul

Bоbоnаzаrоvа Nаfisа

Nаbiеvа Ҳаnifа

Sаydullаеvа Zulfiya

Dаmаеvа Gulnоzа

Pirnаzаrоvа Mаҳkаm

II.Аkushеrlik chақаlоқlаr bo‘limidаn:

Jo‘rаеvа Shоҳistа

Rаҳmаtоvа Xurshidа

Sоҳibоvа Dilаfruz

Xаlilоvа Zulаyҳо

Оstоnоvа Shаkаr

I. Аkushеrlik bo‘limidаn:

Bоzоrоvа Gulnоrа

Қurbоnоvа Bibisоrа

Pirnаzаrоvа Lаylо

Chоriеvа Shоҳistа

To‘lаеvа Dilsоrа

I. Аkushеrlik chақаlоқlаr bo‘limidаn:

1. Ernаzаrоvа Gulsаnаm

2. Ernаzаrоvа Muҳаbbаt

Kirish.O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritganiga 24 yil bo’ldi. O’zbekiston o’tgan yillar ichida asrga teng o’zgarishlarni amalga oshirdi. Xalqimizning mintaliteti o’sdi, dunyoqarashi o’zgardi, turmush tarzi yangi mazmun bilan boyidi. Yurtimizda rivojlanayotgan demokratik o’zgarishlar havas qilsa arzigudek bo’layapti.

Prezidentimiz mustaqillikning eng ustivor vazifalari sifatida mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash, o’zligimizni anglash, ota – bobolarimiz qoldirgan ummon merosiy boyliklarimizni o’z joyiga qo’yib xalqimizning ongi va shurining o’zgartirishini amalga oshirib borilayotgan katta ijtimoiy – siyosiy o’zgarishlar qatoriga kirgizsak to’g’ri bo’ladi. Ana shu yo’nalishda eng avvalo xalqimiz ongini o’stirish, buning uchun chuqur ildizli asosga tayangan ma’aviyatimizni tiklash va barchani, ayniqsa yosh avlodni ma’naviy dunyosini ham boyitish, ham o’zgartirish, ham yuksak cho’qqilarga yuksaltirish mamlakatimiz Prezidentimiz da’vat qilgan eng ulug’ ish bo’ldi. Natijada qisqa yillar ichida ijtimoiy va ma’naviy hayotimizning barcha jabhalarida ham katta o’zgarishlar yuz beradi.

Prezidentimiz mana shu ma’naviyat ummonida san’atni ummon tarbiya kuchga ega ekanligini yurtboshi sifatida ko’ra oldi va bu narsaga katta kuch va irodasini sarf etib kelyapti. San’at va inson ma’naviyati yo’nalishida Prezidentimiz birqancha farmonga imzo chekdilarki, buning natijasi o’laroq yurtimizda san’atning barcha turlari (raqs san’ati, teatr san’ati, amaliy san’at, musiqa san’ati) katta rivojlanish yo’liga o’tdi. Birgina musiqa san’atini rivojlantirish yo’liga nazar tashlaydigan bo’lsak Toshkentda bino etilgan, dunyo andozalaridan kam bo’lmagan serviqor va go’zal O’zbekiston Davlat konservatoriyasining yangi binosi qad ko’targanini, milliy teatr (Xamza nomli teatr), qurib tomoshabinlarga topshirilgan, musiqa san’atini ommalashtirish va jahonga yuz tuttirish yo’lida 1996 yildan boshlab «O’zbekiston – vatanim manim» respublik qo’shiq tanlov (Bu tanlovda yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo’lgan va kasbi, e’tiqodi, ma’lumoti, millati, jinsidan qat’iy nazar, mamlakatimiz fuqorolari ishtirok etadigan bo’ldilar), «Sharq taronalari» xalqaro ko’rik tanlovi (Samarqand shahrida) va yana respublika miqyosidagi ko’plab musiqa va qo’shiq tanlovlarini o’tkazilib kelinishi fikrimizning yaqqol dalilidir.

O’zbek musiqasi tarixida ko’povolilik muammosi katta tortishuvlarni keltirib chiqaradi. Bu bejiz emas. Sharq musiqasi ko’p asrlar davomida monodik o’zakda, birovozlik bo’lib rivojlanib keldi. Tabiiyki, yangi janr va shakllar (opera, simfoniya, oratoriya va boshqalarning) paydo bo’lishi musiqa madaniyatining konservativ fikr yurituvchi arboblarida e’tiroz uyg’otdi.

Ko’povozlilikning kiritilishiga qarshilar o’zbek musiqasiga yot bo’lgan (unsur) elementlarni qo’llash go’yoki noo’rin ekanligini ta’kidlashadi. Bunday fikrlash siyosati ko’oovozlilikning progressiv ahamiyatiga yetarlicha baho bermaslik, tushunib yetmaslik natijasidir, xolos.

O’zbekistonda ko’povozli musiqa rivojini tarixiy yo’lini (shartli ravishda) ikki bosqichga ajratish mumkin:

Birinchisi, 1917 yil to’ntarilishidan oldingi bosqich – asosan monodik Sharq musiqasiga xos bo’lgan xalq polifoniyasi elementlari (kvarta, kvinta va oktava intervallari bo’yicha parallel harakat, organumlar, yashirin polifoniya va boshqalar) bilan bog’liq.

Ikkinchisi, 1917 yil to’ntarilishidan keyingi o’zbek musiqasining jadal rivojlanishi bosqichidir, bu o’zbek musiqasiga Yevropaning polifonik va garmonik an’analarining singib borishida ko’rinadi. Bu bosqichning o’zida bir necha tarixiy davrlar kuzatiladi.

Birinchi davr (20-yillar) – etnografik davr, ya’ni kompozitorlarning xalq an’analarini buzmaslikka harakat qilib, o’ta ehtiyotkorlik bilan o’zbek musiqa folklori namunalarini ko’povozli qilib qayta ishlash davridir.

Ikkinchi davr (30-40 yillar) O’zbekistonda ko’povozli orkestr, xor va kamer musiqa asarlarinin ilk namunalari paydo bo’lish davridir. Shu yillarda T. Sodiqov, M. Burhonov, M. Ashrafiy, S. Yudakov, T. Jalilov kabi mualliflar birinchi opera, balet, musiqali drama, simfoniya, cantata va oratoriya yaratishdi.

Uchinchi davr (50-yillardan boshlanib) ko’povozlilikning tobora keng o’zlashtirilishi bilan ajralib turadi. Bu davrda o’zbek musiqasi hususiyatlari va an’analarini ochib beruvchi asl ohang polifonik va garmonik uyg’unlashuvlarini o’z ichiga olgan yangi ko’povozlik shakllar vujudga keladi. 1917 yil to’ntarilishidan keying bosqichni bunday davrlarga bo’lish bir qarashda o’zbek musiqasi rivojining ob’yektiv qonuniyatlarini ochib berganday bo’ladi, shunga qaramay, mazkur masalada bir tomonlama yondoshish borligi seziladi.

Bu davrdagi professional kompozitorlik ijodining namunalarida ko’povozlilikning rivojlanish yo’li aniq ko’rsatilgan bo’lsada an’anaviy musiqa, ya’ni maqom, ashula, qo’shiq, yalla kabi an’anadagi musiqa ijodining shakl va uslubi to’laligicha o’z ifodasini topmagan edi. Bundan tashqari rivojlanish jarayoni boshqa san’at turlari (xoreografiya, adabiyot, rassomlik, amaliy san’at, teatr va boshqalar) dan ajralgan holda talqin qilingan. An’analarning hususiyatlari, xalq psixologiyasi (bolalar qo’shiqlari, o’yinlari, xalq bayramlari, urf-odatlar, marosimlar) ham e’tibordan chetda qolgan edi. Bizda ko’povozlilikning ifodaviy imkoniyatlari hususida kompozitorlarning asarlari ustida gap borgandagina fikr yuritish odat tusiga kirgan. Musiqashunoslar simfonik musiqani, xor, kamer musiqasini sinchiklab o’rganadilar., batafsil tahlil qiladilar, asarlarning garmonik tuzilishini ma’no jihatidan ochib beradilar.

O’zbek xalqi an’anaviy musiqasidagi ko’p ovozlilikning ifodaviy ma’naviy ahamiyatiga, mavjud adabiyotlar shuni ko’rsatadiki, ularda bu masala sub’yektiv ya’ni bir tomonlama yoritilgan.

Sub,ektiv sabablardan biri SHarq musiqasini monodik madaniyat deb tushinish Yevropa musiqashunosligida chuqur ildiz otishi va keyinchalik bu tushunchaning Sharqa ham keng tarqalishidir.

Monodiya” yunoncha so’z bo’lib, “monos” - bir, “odos” – kuylovchi, ya’ni tom ma’noda bir kuychi qushig’i demak.

Monodik madaniyat” tushunchasi ko’p ovozlilikning turli ko’rinishlarini o’zida mujassamlashtirsa-da, lekin kishilar tushunchasida “monodiya” atamasi hamon “bir ovozlik” ma’nosini anglatadi.

Xaqiqatda esa, bu o’ziga ko’povozlilik asrlar davomida o’z san’atini sayqallab kelgan o’zbek xalqining musiqa madaniyatiga tom ma’noda kashf etadi.

Xususan o’zbek xalqi polifoniyasi rivojlangan monodik madaniyatning erishgan yuksak boyligi bo’lib, har tomonlama o’rganilishi va zamonaviy musiqa san’atida o’zlashtirilishi lozim. O’zbek xalq musiqasi o’z tabiatiga ko’ra ko’povozlilik hususiyatiga ham ega.afsuski XVIII – XIX asrlar davomida musiqa nazariyotchilari tomonidan bu muammoga yetarli e’tibor berilmadi. Bu musiqa vaqt o’tishi bilan bir ovozlik deb tan olinadi.

Sharq folklorining monodik asarlarida ko’povozlilik asosiy o’rin egallamagan bo’lsada, musiqa ifoda vositalari – usul, kuy, ohang (tembr), qochirim, nolalar – ancha rivojlangan edi.

O’rta sharq olimlarining (Forobiy, ibn Sino, Urmaviy, Sheroziy, Jomiy, Kavkabiy, Darvesh Ali Changiy, Marog’iy va boshqalar) asarlarida biz ko’povozlilikning ifoda vositalarini anglashga bo’lgan urinishlarini uchratamiz, ammo o’zbek xalq an’anaviy musiqasidagi ko’povozlilik ma’nosi kam o’rganilganligini ko’ramiz.

Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) “Musiqa risolasi” da masalan: “katta butun ton” haqida quyidagi izohni uchratish mumkin: “ikki ton hamohanglikda mayin bo’lmay, balki ketma ket kelganda mayinlikka ega bo’ladi ” (16,24). Musiqashunos olim M. P. Blinova tovushlar balandligining uyg’unligi ustida izlanish olib borar ekan, bu haqda u shunday yozgan edi: “ agar sof melodik kvarta yuqoriga qarab harakat qilgandafaol interval sifatida idrok qilinsa, garmonik kvarta tinch va osuda sado tarzida yangraydi”.

Intervallar “mijozi”ning o’zgarishi ularning ma’naviy ahamiyati shaklning tuzilishidan kelib chiqqan holda fiziologik jarayonlarning hilma hilligi bilan belgilanadi. Bu har ikki holda ham “intervallar kuchlanishi” turlicha sezgi qo’zg’atadi. Quyida biz o’rta asr Sharqning qomuschi olimlarning konsonans va dissonans haqidagi fik va mulohazalarini ko’rib chiqamiz.

Ko’povozlilik xalq ijodida ham an’anaviy professional musiqa san’atida ham tabiiy va uziga hos tarzda rivojlanib kelgan. U ko’proq ansambl va bir ovozlik xor qo’shiqlarda vujudga keladi hamda vocal partiyalar, vocal va cholg’u partiyalar ichida uchraydigan (antifon) kuylashlarida namoyon bo’ladi. U xor bo’lib kuylaganda lo’povozliligi taqlidlarda erkaklar va xotin-qizlar partiyalarining oldinma ketin kuylashlari chog’ida yuzaga keladigan oktavali unisonlarda yaqqol tinglanadi.

Zotan polifoniya va o’zbek musiqasi xalq badiiy an’analaridan bahra oladi. Chunonchi, xalq polifoniyasining barcha turlarini (taqlidiy, ziddiyatli, jo’rovozlilikni) xalq udumi va diniy marosimlarda aytiladigan qo’shiqlarda bolalar o’yinlari hamda ashulalarda uchratamiz. Yig’i, sadr, marsiya yoki zikr singari polifoniya turlari ko’pincha baravar keladi. Yig’ilarda 7-8 gacha bo’lgan ovozlar uzaro jo’rlikda keladilar, bunda har bir ovoz uzining nisbatan mustaqil yo’liga ega bo’ladi.

To’y marosimlardagi yor- yor hamda o’lanlarda yakkahon ijrochi va hor orasidagi navbatma -navbat aytishuvlar ayrim qatnashchilarning luqmalari bilan to’ldiriladi.

Bolalarning “chillak” o’yinida biz “zuv” bo’g’inida keladigan davomli uzluksiz tovushni uchratamiz. O’zbek xalq bolalar o’yinlari va qo’shiqlarida uqori ovozlardagi kuyning rivojlanganligi va ayni vaqtda pastki ovozning unga nisbatan tabiiy qarama qarshiligida qurilgan ko’povozlik turi keng qo’llaniladi.

Bunda pastki ovozning o’rni muhim bo’lib, asosan ritmik usulini saqlab qoladi hamda ko’pincha ladning turg’un tovushlaridan birida sadolanadi. Ma’lumki, zarbli asboblar (doira, qoshiq, qayroq va boshqalar) yoki turli chertish va qarsaklar vositasida ijro etiluvchi usullar o’zbek vocal musiqasida muhim ahamiyat kasb etadi.Bu holat hatto ayrim cholg’u asboblar jo’rligisiz aytiladigan qo’shiqlarda ham O’ziga hos tarzda namoyon bo’ladi. Masalan, qadimdan aytib kelinadigan katta ashula ijro etilayotganda odatda, kuylovchilar ikki barmoqlarini barmoqlar orasiga oxista chertib ashula usulini aniq his etib turadilar.

O’zbek xalq musiqa merosida murakkab usul (ritm) namunalari ko’plab uchraydi, ularni bo’lib ijro etishga hattoki (qatnashchilarning ko’pligiga qaramasdan) qiyinchiliksiz aniq ritmik uyushqoqlikka erishiladi. Boshqa bir hodisani V. S. Vinogradov bunday tariflaydi: “Biz ham o’zbek qo’shig’i “Beshqarsak”ni doirachi va qo’shiqqa qarsaklar hamda jamoa “luqmalar” bilan “oy”, “ho”, “ey” bo’g’inlarida jo’r bo’luvchi erkaklar xori ijrosida eshitishga muyassar bo’ldik. Ba’zida shu sadolar orasida yakkaxon ijrochi qisqa ohanglarda aytiladigan so’zlar bilan kuylarda. Umuman olganda juda qiziqarli, poliritmik, ko’povozli ansambl yangrardi, yana shuni inobatga olish kerakki, bunda hamma qatnashchilar ham kuylab, ham raqsga tushardilar”.

Shu asnoda ritmik jo’r bo’lishga intilish o’zbek musiqasi uchun tasodifiy emas, albatta. Zotan murakkab sinkopalarga boy va turli ijro bezaklari bilan yug’rilgan o’zbek kuylari aniq va lo’nda usul jo’rligini talab etadi. Akademik B. V. Asaf’yev o’zbek kuylarida hususida fikr yuritarkan, “ular o’zining jozibadorligi, tarovati va o’zgacha sinkopa hususiyati bilan hayajonlantiradi”, - deb yozgan edi. Uning jonli qo’shiqning ritmomelo plastikasi, gul kabi hushbo’y , asaldek lazzatli intonatsiyalaridan olgan taasurotlari shunday edi.

Boshqa tarafdan , musiqaviy estetik tuyg’u musiqaviy idrok birovozlik kuy bilangina (garchan u yuksak darajada rivojlangan bo’lsa-da) qanoatlanmaydi. Shu bois xam usullar o’zbek musiqasiga tarkibiy singib ketgan.

Usulning ritmik shakllari sodda yoki o’ta murakkab va rivojlangan bo’lishi mumkin. Odatda, usul musiqa asarining ozgarmas ritmik shaklini tashkil etib,u kuyning ritmik shaklini tashkil etib,u kuyning ichki ritmik holatini tartiblashtirib boradi. Usul asosan doira, nogora va boshqa zarbli asboblar ijrosi orqali beriladi.Ko’pincha bir necha usullar uygunlashib keladi. O’zbekistonda keng tarqalgan xalq cholgu dastalarida bir necha hil usullar uygunlashib keladi. O’zbekistonda keng tarqalgan xalq cholg’u dastalarida bir necha hil usullarning birikma holida kelishi –ularning o’ziga hos xususiyatlardan hisoblanadi.

Usullar yaxlit musiqaviy –badiiy obrazninig tarkibiy qismi bo’lgani xolda kuy bilan chambarchas bog’langan boladi.

Taniqli kompozitor va nazariyotchi X.S.Kushnarov usullar haqida shunday yozadi: “Har qaysi usul nafaqat malum ritm bilan, balki muayyan ohang bilan ham ifodalanadi Usul – bu ritmik jihati yetakchilik qiladigan, ohangi esa ikkilamchi bo’lgan kuydir”.

Qadimiy an’anaga ega hilma-hil o’zbek musiqasi usullari halq orasida turli tovush va bo’ginlar vosidasida ifoda etilgan. Masalan,’’bum-bak’’ bo’ginlari doira tovushiga taqlid qilsa, “tak-taka-tum” bo’g’inlari nog’oraga, “g’ata,-g’a-ta-g’u” bo’g’inlari karnay tovushiga taqlid qiladi.

Bunda aksariyat doira va nog’ora usullari muayyan balandlikdaga (asosan, yuqoriga qarab harakat qiluvchi soniyada kvarta-kvinta intervallari oralig’idagidagi) tovushlarni hosil qilib, jonli vokal xususiyatini kasb etadi.

O’zbek musiqasida vokal va cholg’u musiqalari o’zaro mushtarakdir. Musiqiy badiiy ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qiladigan zarbli cholg’ular jo’rligidan tashqari vokal musiqasida ko’pincha cholg’u muqaddima va xotima qisimlari uchrab turadi. Va aksincha ba’zan cholg’u musiqaga vokal qisimlar kiritilgan bo’ladi.

Masalan o’zbek an’anaviy professional musiqaning yirik shakli bo’lgan maqomlarda cholg’u qismlari, ashula yillari bilan almashadi, bu qismlar orasida esa xor namunalari - taronalar keladi.

Cholg’u musiqasidagi ko’povozlilik vokal ko’povozliligidan birmuncha farq qiladi va o’z xususiyatlariga ham ega. Cholg’u ko’povozlilikning turlari va vositalari haqida gap borganda quyidagilar: parallel kvarta, kvinta, oktava harakatlari, ostinato (fan holati) geterofoniya to’g’risida aytib o’tish lozim bo’ladi. Ko’povozlilikning bu turlari o’zbek monodik musiqasi qonuniyatlariga mos keladi hamda xalq an’analarini va musiqani idrok qilish psixologiyasidan kelib chiqadi.

Dutor, tanbur, do’mbira musiqalaridagi kvarta, kvinta oktavalarning parallel harakatlari mazmuniy va ifodaviy ahamiyatga ega. Bir ovozli musiqaning o’ziga xos ravishda bunday “kengayishi” muayyan darajada hajmli jaranglash taassurotini hosil qiladi. Shu bilan birga, ovoz asosiy kuyning yorqinroq bo’lishiga xizmat qiladi. Kuyning shunday hajmli va bo’rtib jaranglashi o’z navbatida mustahkam fiziologik va akustik asoslariga ega.

Jumladan, oktava, kvinta va kvartalar obertonlarinimg dastlabki qatorini tashkil etuvchi va to’liqligini hosil qiluvchi tovushlardir.Shu bois bu tovushlarning ochiq parallel harakatlari kuyning ma’nosini yaxlitligini buzmaydi.Shuning uchun tinglash ko’nikmasiga ega bo’lmagan eshituvchi uchun o’zbek musiqasi uzoq vaqt ‘sov birobozlik’ namunasi bo’lib kelgan.

O’zbek an’anaviy musiqasi ko’povozligining boshqa ko’rinishlariga “fon” (asosiy kuy bilan birgalikda eshitilib turadigan ikkinchi darajali tovushlar ohangi) va “ostinatli”(ikkinchi darajali takrorlanib turuvchi ohang) turlari kiradi. Ritmik-ostinatoli va ostinafonli turdagi bu ko’povozlilik ham asosiy kuyning bo’rtib chiqishiga yordam beradi. Uzoq jaranglab turadigan yoki qaytarib turiladigan ostinato fonida kuyning o’tishi bu ko’povozlikning o’ziga hos xususiyatlaridandir. O’zbek musiqasidagi ko’povozlilik muammolarini tashkil etishdan maqsadimiz maktab o’qituvchisiga an’anaviy polifoniyaning xarakterli shakllarini yoritib berishdir. Bu ayniqsa ko’povozli kuylashni egallashda boshlang’ich bosqich hisoblangan to’g’ri repertuar tanlash ba ko’p ovozli namunalarni aranjirovka qilishda ko’mak beradi, deb o’ylaymiz. O’zbek musiqasi tarixida 1917 yil to’ntarilishidan keyingi dasdlabki yillar Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Uning “Xoy ishchilar” , ”Yasha shuro”, ”Yalang davron” va boshqa ko’pgina qo’shiqlari mardlik, jasorat yorqin kelajakda ishonch ruhida yozilgan bo’lib ularga zamon talabiga javob beradigan yangi intonatsiyalar o’z ifodasini topgan. O’zbek musiqasi san’ati ustalari Domilla Xalim Ibodov, Usta Olim Komilov, Mulla To’ychi Toshmuxammedov, To’xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy va boshqalar yangidan yangi musiqa o’quv yurtlari tuzishda ko’maklashdilar, musiqa jamoalariga rahbarlik qildilar, maktablarda xam muayyan darajada ijobiy faoliyat ko’rsatdilar .

Shu davirga kelib musiqa sa’atida yangi sentetik janirlar, turlar, shakillar vujudga keldi. O’zbekistonda Markaziy Osiyoning boshqa respublikalaridagi kabi musiqali dirama janiri musiqa san’atining yangi turlarida bo’lib shakillandi va xozirda xam o’z faoliyatini davom ettirmoqda.

Shu janirdagi G’.Zafariyning “Halima” (1920), T. Jalilovning “Tohir va Zuxra” (1940) dramalarini aytib o’tishning o’zi kifoya. Bu asarlarda sahna vaziyatida qarab xalq kuylari va muallif ijodlaridan unumli foydalanilgan.

O’zbek xalq musiqachilarining rus kompozitorlari bilan ijodiy muloqoti juda samarali bo’ldi. Jumladan rus kompozitorlari o’zbek kuylarini (turli ijrochilar tarkibi uchun) qayta ishlab, shu milliy kuylar asosida birinchi simfonik va musiqiy sahna asarlrini yaratdilar. Bu asarlar O’zbekistonda kompozitorlik ijodi rivojlanishining boshlanishi bo’ldi. M. M. Ippolitov- Ivanovning “O’zbekistonning muzika lavxalari” (1931), A.X.Kozlovskiyning “Lola” Syuitasi (1937), R.M. Gliyerning orkestr uchun “Farg’ona bayrami” (1933), shuningdek (SH. Shoumarov va G. Mushel bilan birgalikda) “Farxod va Shirin” (1937) musiqali dramalarini shundey asarlar qatoriga kiritish mumkin.

Bu asarlar 1937 yildan Moskvadan bo’lib o’tgan O’zbek adabiyoti va san’ati birinchi Dekadasida katta muvoffaqiyat bilan ko’rsatilgan. O’zbek musiqasida kompozitorlik san’atining vujudga kelishi va rivojlanishida V. A. Uspenskiy, E. E. Romanovsiy, N. N. Mironov kabi madaniyat arboblari yordam berdilar. Ular O’zbekistonga shu yillarda kelgan bo’lishib, katta madaniy-marifiy ishlarni amalga oshirishda hissa qo’shdilar. Markaziy Osiyoda Yevropa tildagi birinchi musiqa – o’quv yurtlari, ilmiy izlanish muassasalarini tashkil qildilar. Xalq musiqa folklorini to’plash va yozib olish ishlarini amalga oshirdilar. O’zbek xalq musiqasining o’ziga xos hususiyatlarini saqlagan holda birinchi o’zbek ko’p ovozli (polifonik va garmonik tuzilishdagi) simfonik, xor va kamer musiqasi asarlarini yaratdilar. Masalan, V. A. Uspenskiy o’zining simfonik orkestri uchun yozgan birinchi asarlarida “O’rta Osiyo xalqlarini to’rt kuyi” (1934), “Farxod va Shirin” musiqali dramasida musiqa folkloridan keng foydalanilgan. Uning asarlaridagi ko’p ovozlilik fakturasi asosida o’zbek xalq polifoniyasi yotadi.

Umumta’lim maktablarida musiqa darsi yo’q hisobida edi. Har xil musiqa mashg’ulotlari o’tkaziladigan maktablarda esa ular muntazam va doimiy emasligidan oqsardi.

1929 yildan boshlab o’zbekiston maktablarda ashula darslari o’tiladi, ammo 50-yillarga kelib musiqaviy axloqiy tarbiya o’qituvchi kadrlar yetishmaganligi, o’quv metodik qo’llanmalarning bo’lmaganligi sababli bu ish katta qiyinchiliklar bilan amalga oshirilardi. Shunga qaramasdan, rus musiqa jamoatchiligi namoyondalari yordamida 30-yillarda milliy maktablarda musiqaviy tarbiya metodikasining asoslari ishlab chiqildi”. Lekin bu metodikalarning amaliyotga, umumta’lim maktabi tarbiya tizimiga joriy qilishi bir oz sust kechadi, negaki ularda milliy hususiyatlar yetarli darajada hisobga olinmagan. O’sha davrdagi hamma milliy dasturlar umumittifoq dasturlari asosda tuzigan edi.

Ammo yuqorida eslatib o’tilgan mualliflarning asarlari bilan chegaralanib qolmasdan, 20-30 yillar o’zbek musiqasi tarixiga yanada chuqurroq, kengroq qaralsa, bunda o’zbek musiqasi qanchalik boy, serqirra ekanligini guvohi bo’lasiz. Masalan, A. Fitrat Buhoroda tashkil qilgan Sharq musiqa maktabida bolalar musiqa tarbiyasini an’anaviy uslub bilan, ya’ni og’zaki musiqa pedagogikasi asosida olib borilgan edi.

Bolalarga xor bo’lib ijro etiladigan xalq bolalar o’yin qo’shiqlari, sanashlar o’rgatilardi. “Oqterakmi ko’k terak”, “Oshxo’r kaptar”, “Zuv-zuv borag’ay”, keng tarqalgan qo’shiqlardan edi.

Musiqa cholg’ulari o’rganish, asosan uy sharoitida, professional musiqachilardan hususiy dars olish yo’li bilan amalga oshiriladi. O’sha yillarda o’zbek maktabi sharoitiga mos keladigan Yevropa tilidagi dastur va musiqa darslari davr talabi bilan yangi amaliy turlarni keltirib chiqardi. 20-30 yillarni boshlarida ko’pgina katta shaharlar: (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg’ona, Andijon, Namangan, Qo’qon) keyinchalik tuman va qishloqlarda musiqa mashg’ulotlarining “sharqiy” deb nom olgan tur keng tarqaldi. O’qituvchilar musiqa sadolariga monand qadam tashlab qo’shiqlarni xor bo’lib kuylashadi.

Xalq orasida chiqqan va professional musiqachilar keng miqyosda ish olib bordilar. Chunonchi bir qancha maktablarda o’quvchilar musiqa tarbiyasining yangi dastur va uslublarni amaliy sinovdan o’tkazdilar. Zebiniso nomli “namuna” maktab internati, I. Narimonov nomli erkaklar bilim yurti, K. Libknext nomli maktab, Olmaniy nomli I va II bosqichli o’zbek maktab internatlarida musiqa va rasm darslari o’tkazildi hamda, mavzuga bag’ishlangan konsertlar uyushtirildi. Bu maktablar mahalliy omma orasida musiqa maorifi targ’ibotda katta rol o’ynaydi.

Musiqiy pedagogika jamoatchiligining bir qator namoyondalari, O’zbekiston madaniyati va san’ati arboblari bolalar va o’smirlar orasida musiqa maorifini keng quloch yozdirishda o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.

Ko’povozli kuylashga o’rgatishning zamonaviy shakl va uslublari.

Dastlab kichik sinfdagi o’quvchilarni ko’p ovozli kuylashga o’rgatishning zamonaviy shakl uslublari ularni O’zbekiston maktablarida qo’llash ustida to’xtalamiz. Maktab musiqa tarbiyasi uslubiyotiga oid mukammal izlanishlar olib brogan ba’zi bir ishlarni ko’rib chiqamiz. Yetmishinchi yillar boshida umum ta’lim maktablari o’quvchilarini ko’p ovozli kuylashga o’rgatish muommolariga doir O.P.Sokolova va A.I.Yevseyevlar yirik tadqiqot ishlari olib borganlar.Bu izlanishlarda boshlang’ich maktab musiqa tarbiyasi tizimida ko’povozli kuylashga o’rgatishni kiritish maqsadga muvofiq emas degan fikrlar inkor etildi. Ma’lum bo’ldiki maxsus ishlab chiqilgan tayyorlov davridan (unisondan ikki uchovozlilikga o’tish) so’ng ikkinchi sinfdan boshlab o’quvchilar ko’povozlilikning murakkab bo’lmagan shakllarini (kanonlar tersiyallar ikkiovozlilik va boshqalar)o’zlashtirishlari mumkin ekan.

O.P.Sokolovning izlanishlarida asosiy e’tibor kichik maktab yoshidagilarga oid unison va garmonik eshituvning rivojlanishining ikkiovozli kuy lashning dastlabki malakalarini xosil qilishga qaratiladi.O’quvchilarini ikkiovozli xor kuylashga o’rgatishning boshlanishida O.P.Sokolova jo’r ovozlilikda milodiya takrorlanmaydigan bir ovozli ijro usulini o’qituvchining sinf bilan duyet bo’lib kuylashini va ikkiovozlilik mos keladigan boshqa usullarini aloxida ko’rsatib o’tadi. U o’rgatishning boshlang’ich davridan parallel emas balki ikkita contrast xarakat qiluvchi ovoz yuliga ega bo’lgan qo’shiqlarini kuylash muhim ekanligini asoslab beradi.

Binobarin O.P.Sokolovaning bu izlanishlari O’zbekiston maktablari sharoitida o’zbek vocal va cholg’u musiqasiga xos bo’lgan polifonik elementlar,ritmo -ostinat,geterafon jo’rovozlar bilan bog’liq bo’lgan real negizga egadir. Ammo tajribalarimizdan aniqlanishicha o’zbek bolalarining muyyan qiyinchiliksiz ritmo ostinant va fonli ko’povozlilikning ijro qilishleri sababi birinchi darslaridanoq tug’ridan tug’ri ko’povozli bo’lib ko’ylashga o’tibsh mumkin ekan. Demak tayyorlov darsi uslubiyoti (O.P.Sokolovaning bunga birinchi o’quv yilini kiritgan)o’zbek maktablari sharoitida ko’povozlilikning o’ziga to’g’ridan to’g’ridan tog’ri o’tish bilan parallel olib borilishi mumkun ekanligini A.I.Yevseyev tayyorlov davridan unisonga ko’p e’tibor berib uni ikkiovozli kuylashninig asosi deb biladi.Uning izlanishlarida o’quvchilarning ikki, uch ovozli kuylashga o’tishlari uchun yordam beruvchi melodic komplekslar-tayyorlov davrining muhim payti hisoblanadi.

O’zbek musiqasigagina hos bo’lgan kvarta – kvinta va sekundali ketma-ket keluvchi tovushlar ana shunday melodik majmua (komplekslar) bo’lib hisoblanishi mumkin. O. Sokolova va A. Yevseyevlarning izlanishlari hozirgi zamon boshlang’ich maktabida ko’p ovozlilikni shakllantirish talablariga mos keladi. Bu izlanishlar maktab musiqa – pedagogik nazariyasi va amaliyotining butun bosib o’tgan yo’lidagi izlanishlarning natijasidir.

Dastlabki davr adabiyotlarini o’rganish shuni ko’rsatadiki hozirgacha olim va pedagoglarni qiziqtirib kelgan asosiy masala, bu boshlang’ich bosqichda ko’povozli kuylashga o’rgatishdir. Bu haqda shungacha yakdil xulosaga kelinmagan edi.

Zamonaviy musiqa tarbiyasi tizimida xam parallel ovoz yo’li o’quvchilarning ko’povozlilikning o’zlaztirish metodi sifatida qullaniladi. Xususan Pedagogika fanlar akademiyasida badiiy tarbiya ITI qoshidagi musiqa va raqs o’rgatish labaratoriyasida parallel ovoz yuliga yetarlicha e’tibor berilgan.

Ko’povozli ko’ylashga o’rgatishda “o’xshatuv” kabi shakllari va boshqa tersiyali birikmalarining ko’pgina turlari institut ilmiy xodimlari va Moskva shaxri hamda o’qituvchilar uchun metodik qullanmalarda o’z urnini topmoqda.N.F.Kulikova masalan boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan ishlashda katta natijalariga erishmoqda;tersiyalarida parallel xararakat qiluvchi ikkiovozli qo’shiq mashqlarini uning 1 sinf o’quvchilari xam ko’ylaydilar.

O’zbek kompozitorlarining Yevropa professional kompozitorlik uslublarini egallashda talabalari zamonaviylik va xalq an’analariga yangicha nazar tashlash imkonini beradi.

70-80 yillaridagi bolalr uchun yozilgan ko’p ovozli asrlarida tez tez zamonaviy garmoniyaga asoslangan xalq polifoniyasida unsurlari sadolandi. Bu esa milliylikni o’ziga xos bo’rtiruvchi (endi Yevropalik eshituvchilar uchun xam tushunarli bo’lgan) yangi ko’povozli birikmalarni yuzaga keltirdi.

An’anaviylik va zamonaviylik o’zaro bir biriga ta’siri xarakterli palifoniyaning tersiyalik ko’povozlilik bilan bog’lanishida yorqin namoyon bo’ladi. Shunga qaraganda tersiyali ko’povozlilikni o’zbek musiqasiga yot deb xisoblanmaslik kerak.

Binobarin o’quvchilarning tersiyali ko’povozlilikning o’zlashtirishda monodik fikrlashning quyidagi hususiyatlarida foydalanishlari, chunonchi: o’quvchilar qo’shiq va melodiyani yahshi yod olgani holda uni parallel harakat qiluvchi tersiya va boshqa intervallarda to’htab, ularning ohangiga quloq solishlari yanada foydalidir. 90-yillarga kelib, 1- sinf o’quvchilari ko’povozlikning murakkab bo’lmagan shakllarini to’la miqdorda o’zlashtirish qobiliyatlarini namoyon eta boshladilar. Bu hol hozirgi zamonbolalarining aqliy va jismoniy jihatidan ancha tez rivojlanayotganligidan dalolatdir.

Ko’p ovozli kuylashda bolalarning ishtirok etishi, ma’lum bo’lishicha XVII asrda qayd etilgan. Bolalarni kichik yoshdanoq lo’povozli kuylashga o’rgatish muhimligini ko’povozli bolalar xor jamoalari rahbarlari ham alohida ta’kidlaydilar.

Katta bolalar xori rahbari Rossiya xalq artisti B. S. Popov “Boshlang;ich sinflar xorida ko’povozlik” maqolasida shunday yozadi: “Boshlang’ich sinflarda ko’povozlik kuylashga o’rgatishni biz juda muhim deb hisoblaymiz. Aks holda musiqa tarbiyasi to’laqonli bo’lmaydi. Ma’lumki bir ovozli kuylashda kuy eshitish qobiliyati murakkablashadi, xor bo’lib kuylashda darkor bo’lgan garmonik eshituv qobiliyati esa deyarli rivojlanmaydi. Demak, gap ko’povozlikning imkoniyatlari ustida emas, balki uning kichik yoshdagi maktab bolalari uchun muhimligi haqida borishi kerak”.

Maktabda musiqa tarbiyasiga oid erishilgan ilg’or nazariy va amaliy tajribalar shuni ko’rsatadiki, ko’povozlik malakalarini shakllantirish ishlarini also kechiktirmaslik zarur. Asardagi ikki va undan ziyod tovushlar uning murakkabligini ko’rsatmaydi. Zotan, ba’zi bir ovozli kuylarni ijrosi ikki- uch ovozlikka nisbatan ham ancha murakkab bo’lishi mumkin. Shuningdek, agar o’qituvchi faqatgina bir ovozli qo’shiqlar bilan cheklanar ekan u hech qachon haqiqiy ko’povozlilikka hamda sof unisonga erisha olmaydi. Buyuk kompozitor Koday bu haqda shunday yozadi: Tovushlarning cheksiz olamini o’rganuvchi o’zining dastlabki qadamida nimaga tayanishi kerak? Aytish joiz bo’lsa, u kontras tembr va temperatsiya sozli musiqa asbobiga emas, balki ikkinchi vokal partiyasiga yondashishi kerak. Shu paytgacha bizning o’quv dasturlarimizda ikki ovozli kuylash usuli e’tibordan chetda qolib ketgandi. Chunki uni rivojlantirish vositasi deb emas, balki bezovchi unsur deb hisoblagan edilar. Vaholanki, ko’povozlikning nafaqat polifonik eshituvni rivojlantirishda, hattoki bir ovozli kuylashda ham ahamiyati kattadir. Bundan tashqari, sof bir ovozli kuylashni ikki ovozli kuylash orqaligina to’la o’zlastirish mumkin. Ikkita partiya bir-birini yo’naltiradi va muvozanatlashtiradi. Albatta, ko’povozli kuylash malakalarini shakllantirish unisonga erishishga nisbatan davomli va maqsadga qaratilgan mehnatni talab etadi. Biroq, ikkala bo’g’in ham bir-birini to’ldirishi, maktabda musiqa tarbiyasi tizimi bilan tarkibiy uyg’unlashishi kerak.

Umumta’lim maktablarida ko’pincha ikkiovozlilikka o’tish kerak bo’lgan paytida unisonli kuylash talab darajasida bo’lmaydi. Shunday bo’lgan taqdirda ham ish jarayoniga ikki ovozli qo’shiqlarni kiritish kerak. Negaki birinchidan ko’povozli kuylash badiiy did garmonik eshituv, ladni his etish, aniq intonatsiyaga erishish kabi malakalarning faol rivojlanishiga yordam beradi. Zero, o’quvchilarning musiqa qobiliyatlarini uyg’otuvchi bunday imkoniyatdan ularni mahrum qilish mumkin emas. Ikkinchidan, ancha murakkab va sifati jihatidan yangi musiqani o’rganish o’quvchilarning musiqaviy shituviga katta turtki bo’lishi bilan birga unisonli kuylashda ham o’zining ijobiy tasirini ko’rsatishi mumkin. Chamasi bunday hollarda unison ijroning mukamallashuvi va qo’shiqni ikki ovozda kuylash borasidagi ishlar parallel olib borilishi kerak.

Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining ikkiovozli musiqani o’zlashtirish va idrok etish hususiyatlari.

Bitiruv malakaviy ishimizda kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining ko’povozli musiqani idrok qilishdagi fiziologik, akkustik va psihologik hususiyatlarni o’rganishga ham jiddiy e’tibor beriladi. Bu masalaning yechimi o’qituvchiga akkustik va psixofiziologik ko’rinishlarining nozik mehanizmlarini ochib beradi va kichik yoshdagi o’quvchilarning ikki ovozli kuylash malakalarini shakllantirish jarayonini aniqlik bilan uyushtirishga yordam beradi.

Ikki ovozli kuylash malakalarini shakllantirish negizlaridan biri ikki ovozli musiqaning to’la idrok qilinishadadir. “Musiqani ko’plar tinglaydi, ammo ba’zilargina idrok etadi” – deb uqtirgan edi akademik B. D. Asaf’ev. O’quvchi ikkiovozli musiqaning har bir tovushini alohida va birgalikfa qanchalik ko’p tinglasa u ko’p ovozli musiqa ijrosida shunchalik muvofaqqiyat bilan ishtirok etadi. Avval kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining ko’p ovozli musiqani idrok qilish va ijro etish muammolarining ba’zi fiziologik omillarini ko’rib chiqaylik: I. Sechenov va I. Pavlovning reflektor nazariyalariga tayanuvchi fiziologiya ma’lumotlariga ko’ra “4-7 yoshli bolalarda miyaning tahlil-sintetik funksiya va signal sistemalarining o’zaro aloqalarida rivojlanish” sodir bo’ladi. Buning natijasida ta’sir etuvchi komplekslarga nisbatan shartli reflekslar shakllanishi mumkin. Bunda kompleksning eng kuchli komponenti ikkinchi signal sistemasdida aks etadi. Yoshiga qarab bola markaziy nerv sistemasining (tahlil) analitik – sintetik mehanizmlari hamda signal sistemalarining o’zaro ta’siri jadallashib boradi. Husussan, kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida 2-5 birikmalaridan keyinroq maktabgacha yoshda bo’lgan bolalardagi vaqtinchalik aloqalardan muhimroq va tormozlanishi kamroq bo’lgan shartli reflekslar hosil bo’ladi. Ammo shartli refleksning hosil bo’lish sur’ati faqat yosh ko’rsatkichlardan kelib chiqmasdan, balki bola band bo’lgan yetakchi faoliyat, uni qurshab shart sharoitlar bilan ham bo’g’liqdir. Masalan, 6-7 yoshli bolalardagi reflex o’zgarishlarini o’rganuvchi A. I. Fidotchevning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, maktabda o’qiydigan 6 yoshli bolalarda shartli reflekslarning barqaror bo’lishi ularning bo’gchadagi tengqurlaridagiga nizbatan tezroq bo’ladi. Natija esa maktab musiqa tarbiyasida ikki ovozli kuylash mashg’ulotlarini birinchi yildanoq zarur ekanligini ko’rsatadi. Zero, ikkiovozli musiqa shunday ta’sir etuvchi komplekslarga kiradiki, bunga bo’lgan javob reaksiyasi kichik sinf o’quvchilari organizmlarida shu yoshda jadal shakllanayotgan tahlil- sintetik funksialar rivojini yanada oshiradi. Ikki ovozli musiqani idrok qilish va ijro etishda bola murakkab tovushlar kompleksi ta’siri ostida bo’ladi. Bolalarni xor bo’lib kuylashga o’rgatishda ikki ovozli musiqaning idroki qanday kechadi? Bu faoliyatda qanday akkustik va psixofiziologik mehanizmlar harakatga keladi? Bu savollarga javoblarni musiqa akkustikasi, musiqa idroki, fiziologiyasi va psixologiyasiga doir yozilgan mukammal ilmiy ishlarni ko’rsatish mumkin. Masalan, musiqaviy tovushlar idroki va ijrosi haqida I. M. Sechenov shuni qayd etadi: “Quloq tovushlar birikmasini muayyan sezadi va bu birikmalarni alohida hosil qiluvchi musiqaviy tonlarga ajrata olishi mumkin. Bu tahminiy hususiyat, ma’lum bo’lishicha, mashqlar orqali rivojlanadi”.

Xulosa. Ongda ma’lum bir obraz hosil qiluvchi bir qator musiqaviy tovushlar, intervallar, akkord va polifonik birikmalar idrokning aniqligi tahliliy- sintetik mehanizmlar hamda signal sistemalarining o’zaro uzviy munosabatlari bilan bog’liqdir. I. M. Sechenov, G. Gelmgoltslarning ilmiy ilmiy nazariyalariga asoslangan B. M. Teplov quyidagilarni yozgan edi: “Musiqa idroki hech qachon faqat eshitish jarayoni bo’lmagan, u doim harakatli eshitish jarayoni bo’lmagan, u doim harakatli eshitish jarayonidir

Ko’povozli musiqa idroki mexanizmini shunday tasavvur qilish mumkin;musiqaviy ohanglarning har bir toni alohida eshituychi nerv bo’lib,u ichki quluqning eshitish apparatida joylashgan.

Bu eshitish nervlari bosh miya analizatorlariga asosan tashqi quloq va o’rta quloq yo’llari orqali o’tadi. Miya analizatorlari o’z naybatida tovush apparati muskullariga impul’slari yuboradi. Bunday harakat teskari aloqa hususiyatlarini ham kasb etadi. Ya’ni bosh miyaga mos keluvchi analizatorlarga yo’naltirilgan oldingi tajriba hamda qayta olingan axborotlar ko’povozli musiqa asari badiiy obrazlari hosil bo’ladi. Bular yodda o’rnashib qoladi hamda keyingi idrok jarayonida ishtirok etadi.

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati.

E.Umarov . «Estetika asoslari». T: 2002

R.G’. Qodirov. “Boshlang’ich maktabda ko’p ovozli kuylash” T., O’qituvchi. 1997-yil

R.Primov “Shaxs kamolotida musiqa tarbiyasining o’rni”. Nasaf. 2015-yil

R.Qodirov. «Boshlang’ich sinfda ko’povozlik kuylash». T: «O’qituvchi» 1997

Ye.Gudkova . «Ashula darsi metodikasi». T: «O’qituvchi» 1973

Комментировать
Свидетельство участника экспертной комиссии
Оставляйте комментарии к работам коллег и получите документ бесплатно!
Подробнее
Также Вас может заинтересовать
Музыка и пение
Конспект занятия по музыки и пению для 3 класса «Выразительность исполнения вокального произведения.»
Музыка и пение
Разное по музыки и пению для «Наши дети – наше будущее»
Музыка и пение
Разное по музыки и пению для 1 класса «"Организация игровых движений начинающих учеников"»
Музыка и пение
Разное по музыки и пению для дошкольников «"Космос и мы"»
Комментарии
Добавить
публикацию
После добавления публикации на сайт, в личном кабинете вы сможете скачать бесплатно свидетельство и справку о публикации в СМИ.
Cвидетельство о публикации сразу
Получите свидетельство бесплатно сразу после добавления публикации.
Подробнее
Свидетельство за распространение педагогического опыта
Опубликует не менее 15 материалов и скачайте бесплатно.
Подробнее
Рецензия на методическую разработку
Опубликуйте материал и скачайте рецензию бесплатно.
Подробнее
Свидетельство участника экспертной комиссии
Стать экспертом и скачать свидетельство бесплатно.
Подробнее
Помощь